Qulupnayli muss
Masalliqlar:
-
300 gramm qulupnay
-
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
10 gramm jelatin
-
50 gramm sovuq suv
-
50-80 gramm shakar upasi
Yo’nalishlar
Sizlarga yana bir mazali, yengil va yozgi desert — qulupnayli muss retseptini taqdim etamiz! Uning tayyorlanish jarayoni esa juda ham oddiydir.
Bunda yangi terilgan yoki muzlatilgan qulupnaylardan, shuningdek malinadan fam foydalanish mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 15 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm qulupnay | |
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
10 gramm jelatin | |
50 gramm sovuq suv | |
50-80 gramm shakar upasi |
Jelatinni 15 daqiqaga sovuq suvga ivitib qo'yamiz.
Qulupnaylarni yuvib, dumchalarini olib tashlaymiz va blenderga solib, ezib maydalaymiz.
Qaymoq va shakar upasini alohida idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz
(Xohishga qarab shakar upasini ko'proq yoki kamroq solish mumkin).
Ivitilgan jelatinni qozonchaga solib, qizdirib olamiz(qaynab ketishi mumkin emas).
Qulupnayli pyure ustidan jelatinni quyib, aralashtirib olamiz. Undan 3-4 qoshiq bezatish uchun alohida idishga olib qo'yamiz.
Qulupnayli pyureni ko'pirgan qaymoq bilan birga aralashtirib olamiz.
Mussni stakanlarga quyib chiqamiz.
Shirinlik ustidan 2 choy qoshiqdan olib qo'ygan qulupnayli pyuredan solib, gugurtcho'p bilan naqsh chizib chiqamiz.
So'ng ularni kamida 2 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm qulupnay | |
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
10 gramm jelatin | |
50 gramm sovuq suv | |
50-80 gramm shakar upasi |