fbpx
  • Asosiy
  • Salatlar
  • Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: «Toshkent» salati
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: «Toshkent» salati

Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: «Toshkent» salati

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Eng taniqli o’zbekcha salat – “Toshkent” salatining tayyorlash usulini aytib o’tamiz. “Xiva” restoranining bosh oshpazi o’zining bu retseptini biz bilan o’rtoqlashdi.

 

Odatiy masalliqlarga qarsildoq qo’shimcha – somoncha shaklda to’g’ralgan kartoshka – bu salatni yanada antiqa qiladi.

Bu barcha ovqatlar bilan mos tushishiga o’z tajribangizda amin bo’lasiz.

Masalliqlar:

1 ta oddiy turp yoki Daykon
100 gramm qaynatilgan mol go'shti
1 ta kartoshka o'rtacha kattalikdagi
1 juft qovurilgan piyoz halqasi bezatish uchun
1 ta qaynatilgan tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Pay kartoshka tayyorlang. Buning uchun kartoshkani tozalang, uzun somoncha shaklida to’g’rang. Ammo koreyscha sabzi tayyorlashga mo’ljallangan qirg’ichdan foydalanilsa qulayroq.

Kartoshkali somonchalarni yuvib, qog’oz sochiqqa yoyib qo’ying.

Qadam 2
Tugallandi

Qurigan kartoshkani ko’p miqdordagi kungaboqar yog’ida qizarguncha qovurib oling.

Chovli yordamida tayyor kartoshkani suzib oling va ortiqcha yog’dan xalos bo’lish uchun qog’oz sochiqqa yoying.

Qadam 3
Tugallandi

Sholg’om va mol go’shtini ham yupqa somoncha shaklida to’g’rang.

Qadam 4
Tugallandi

Sholg’om, qaynatilgan mol go’shti va qovurilgan kartoshkani katta idishga solib aralashtiring.
Tuz va murch seping.
O’simlik moyi soling, aralashtiring va likopchalarga soling.
Qovurilgan piyoz halqalari va qaynatilgan tuxum bilan bezating.
Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 ta oddiy turp yoki Daykon
100 gramm qaynatilgan mol go'shti
1 ta kartoshka o'rtacha kattalikdagi
1 juft qovurilgan piyoz halqasi bezatish uchun
1 ta qaynatilgan tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Koreyscha go’sht va bodringli salat
keyingi
Koreyscha baqlajonli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.