Kurka go’shti va smetana aralashmali salat
Masalliqlar:
-
200 gramm kurka go'shti
-
2 ta kartoshka
-
1 dona sabzi
-
2-3 ta bodring
-
1 dona qizil yoki sariq bulg'or qalampiri
-
100 gramm konservalangan yashil no'xot
-
bir nechta shoxcha shivit
-
Aralashmasiga:
-
150 gramm smetana
-
2 choy qoshiq xantal
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 ta qaynatilgan tuxum
Yo’nalishlar
Oddiy va juda xushxo’r bu salat bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biri bo’lib, tez tayyorlanilishi va hazm bo’lishi bilan bizlarga juda yoqadi.
Kurka go’shtining o’rniga qaynatilgan tovuq yoki mol go’shti, hatto kolbasa ham solish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 29 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm kurka go'shti | |
2 ta kartoshka | |
1 dona sabzi | |
2-3 ta bodring | |
1 dona qizil yoki sariq bulg'or qalampiri | |
100 gramm konservalangan yashil no'xot | |
bir nechta shoxcha shivit | |
Aralashmasiga: |
|
150 gramm smetana | |
2 choy qoshiq xantal | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 ta qaynatilgan tuxum |
Kartoshka va sabzini po'sti bilan qaynatib olamiz, sovutib, po'stini archib tashlaymiz.
Aralashmasini tayyorlaymiz:
Idishga qaynatilgan tuxum sariqlarini solib, xantal bilan birga sanchiqda ezib maydalaymiz. Ustidan smetanani solib, tuz va murch sepamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Sabzi, kartoshka, kurka go'shti, bodring va bulg'or qalampirini to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Barcha to'g'ralgan masalliqlar, konservalangan no'xat va to'g'ralgan ko'katlarni kattaroq tog'orachaga solamiz. Tayyorlab qo'yilgan qaylani quyib, aralashtirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm kurka go'shti | |
2 ta kartoshka | |
1 dona sabzi | |
2-3 ta bodring | |
1 dona qizil yoki sariq bulg'or qalampiri | |
100 gramm konservalangan yashil no'xot | |
bir nechta shoxcha shivit | |
Aralashmasiga: |
|
150 gramm smetana | |
2 choy qoshiq xantal | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 ta qaynatilgan tuxum |