Shokolad asosli tart
Masalliqlar:
-
Asosiga:
-
100 gramm muzdek sariyog'
-
50 gramm shakar
-
150 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
3 osh qoshiq sut
-
Asosiga:
-
300 gramm qora shokolad
-
150 gramm sariyog'
-
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
4 ta tuxum oqi
-
2 ta tuxum
Yo’nalishlar
E’tiboringizga bugun juda nafis va og’izda erib ketuvchi shirinlik — shokoladli tart retseptini taqdim etamiz. Shokoladli tartning ham asosi xuddi puding kabi tayyorlanilishi sabab, yengil bo’lib pishadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
100 gramm muzdek sariyog' | |
50 gramm shakar | |
150 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
3 osh qoshiq sut | |
Asosiga: |
|
300 gramm qora shokolad | |
150 gramm sariyog' | |
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
4 ta tuxum oqi | |
2 ta tuxum |
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz. Qolipga esa sariyog' surtib qo'yamiz.
Sariyog'ni to'g'rab tog'orachaga solamiz. Ustidan shakar, bir chimdim tuz va sutni solib, mikserda aralashtirib olamiz. Unni sepib, xamir qorib olamiz. Xamirni esa yelim xaltaga solib, 10 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tingan xamirni olib, yoyamiz va qolipga to'shaymiz. Bir nechta joyini sanchiq bilan teshib, ustidan pergament qog'oz to'shaymiz. So'ng shu qog'oz ustida "yuk" qo'yamiz. Bunda no'xat yoki loviyadan foydalansak ham bo'ladi. Pechga qo'yib, 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Asosiga:
Shokolad va sariyog'ni bo'laklarga bo'lib, tog'orachaga solamiz.
Qaymoqni qozonchaga solib, qizdirib olamiz. Qizigan qaymoqni shokolad va sariyog' ustidan quyamiz. Venchikda yaxshilab aralashtirib olamiz.
Shokoladli aralashma ustidan bir chimdim tuz, tuxum va tuxum oqini solib aralashtiramiz.
Shokoladli aralashmani pishgan xamir ustidan quyamiz va pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan tartni bir soat davomida sovutib, so'ng iste'mol qilamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
100 gramm muzdek sariyog' | |
50 gramm shakar | |
150 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
3 osh qoshiq sut | |
Asosiga: |
|
300 gramm qora shokolad | |
150 gramm sariyog' | |
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
4 ta tuxum oqi | |
2 ta tuxum |