fbpx
Uy sharoitida tayyorlangan xorovats salati

Uy sharoitida tayyorlangan xorovats salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu hozir ayni mavsumi bo’lgan ajoyib salat bo’lib, uni o’choqda tayyorlagan ma’qulroq albatta. Ammo buning iloji bo’lmasa, gaz pechida pishirilsa ham bo’laveradi.

 

Salatni qish uchun muzlatib qo’yishingiz mumkin, buning uchun baqlajon va bulg’or qalampirini gaz pechida pishirib olish kerak. Tayyor aralashmani (baqlajonlar go’shti va mayda to’g’ralgan bulg’or qalampiri) teng qismlarga bo’lib, paketlarga soling va muzlatgichga joylang. Qishda aralashma yumshashi uchun bir kun oldin paketni muzlatgichdan sovutgichga olib qo’ying. Unga ko’katlar, sarimsoqpiyoz va pomidor qo’shing. Pomidorlarni pishirish shart emas, ustidan qaynagan suv solib, po’stlog’idan tozalang va to’g’rab soling. Ta’bga qarab ziravorlar qo’shing.

Masalliqlar:

1 kilo baqlajon
4-5 ta qizil bulg'or qalampiri
4-5 ta pomidor
1 bog' kashnich
4 tishcha sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab ziravorlar
Qadam 1
Tugallandi

Duxovka pechini 200 darajagacha qizdiring. Duxovka patnisiga zar qog’oz (folga) yoki pishiriqlar uchun maxsus qog’oz to’shang (albatta, pishgan sabzavotlar sharbatidan qoladigan kirlardagi ovoragarchiliklardan o’zingizni xalos etmoqchi bo’lsangiz).

Qadam 2
Tugallandi

Baqlajonlarni patnisga joylashtiring va 45 daqiqa duxovkada pishiring. So’ng ularga bulg’or qalampirini qo’shingda, yana 15 daqiqa pishiring. Oxirida pomidorlar terilib 20 daqiqaga gaz pechiga qo'yiladi. Bu vaqt davomida barcha sabzavotlar pishadi va “yoriladi”. Agar baqlajonlaringiz katta hajmda bo’lsa, ularni qo’shimcha 15 daqiqa pishirganingiz ma'qul.

Qadam 3
Tugallandi

Sabzavotlarni sal sovutib oling. Baqlajonlarni o'rtasidan kesib, uzunasiga to'g'rab chiqing. Bulg’or qalampirini yupqa po’stlog’idan ajratib, urug'laridan tozalang va mayda qilib to’g’rang.

Qadam 4
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni tozalang va sarimsoqpiyoz ezgichdan o’tkazing. Ko’katlarni mayda to’g’rang.

Qadam 5
Tugallandi

Barcha masalliqlarni aralashtiring, tuzlang, qora murch va achchiq qalampir seping. Xohishingizga qarab o’simlik moyi qo’shishingiz mumkin.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • 1:10 daqiqa
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo baqlajon
4-5 ta qizil bulg'or qalampiri
4-5 ta pomidor
1 bog' kashnich
4 tishcha sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab ziravorlar
oldingi
Tunetsli salat
keyingi
Grilda qovurib pishirilgan shaftolili salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.