Banan-karamelli pirog
Masalliqlar:
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'
-
100 gramm shakar
-
1 dona tuxum
-
100 gramm un
-
1/2 choy qoshiq qabartma
-
50 millilitr sut
-
1/2 choy qoshiq vanil ekstrakti
-
Asosiga:
-
2 ta banan
-
Karameliga:
-
50 gramm sariyog'
-
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar
-
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin
Yo’nalishlar
Tez tayyorlaniladigan va juda mazali, bananli asosdan tashkil topgan pirog kutilmagan mehmonlar kirib kelganda sizga qo’l keladi. Bu retsept asosida tayyorlanilgan pirogga karamelli qiyom surtilishi sabab ham yumshoq va nam bo’lib chiqadi.
Bizlar pirogni kattaligi 20×25 sm li qolipda pishirdik.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 21 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
100 gramm un | |
1/2 choy qoshiq qabartma | |
50 millilitr sut | |
1/2 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
Asosiga: |
|
2 ta banan | |
Karameliga: |
|
50 gramm sariyog' | |
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar | |
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin |
Yumshagan sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Bitta tuxumni chaqib solamiz va yana ko'pirtirib olamiz.
Un bilan qabartmani alohida idishga elab solamiz. Yarmini aralashma ustidan solamiz. Aralashtirib, sutni quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz va qolgan unni ham solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Qozonchaga shakar va sariyog'ni solib, shakar eriguncha qizdiramiz. Dolchinni solib, yana bir marotaba aralashtirib olamiz.
Qolipga sariyog' surtib, karamelni quyamiz. Bananlarni uzunasiga to'g'rab, qolipga terib chiqamiz.
Ustidan xamirni quyib olamiz.
180 C darajada qizigan pechda 35-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pirogni ag'darib, shu holatida kesamiz va likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
100 gramm un | |
1/2 choy qoshiq qabartma | |
50 millilitr sut | |
1/2 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
Asosiga: |
|
2 ta banan | |
Karameliga: |
|
50 gramm sariyog' | |
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar | |
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin |