fbpx
Jeymi Oliver retsepti asosida pishirilgan kish

Jeymi Oliver retsepti asosida pishirilgan kish

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Kish bu usti ochiq mazali pirog bo’lib, asosiga xohlagan turdagi go’sht mahsuloti, tuxum, qaymoq va pishloq kabi mahsulotlardan solinadi.

Kishlarni tayyorlash juda oson, ayniqsa uyda oshxona kombayni bo’lsa bormi, 1 daqiqada xamirni qorib beradi.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm un
100 gramm muzdek sariyog'
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
Asosiga:
300 gramm kurka go'shti
4 ta tuxum
150 millilitr qaymoq
100 gramm pishloq
ta'bga qarab qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga unni elab solamiz, sariyog'ni to'g'rab, uni ham solamiz. Qo'lda tezda ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumni solib, xamirni qorib olamiz. Agar tuxum kichkinalik qilib, xamir quruq chiqsa, unda 1 osh qoshiq muzdek suv quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yupqa qilib yoyamiz. Qolipning aylanasi 24-25 sm kattalikda bo'lishi kerak. Agar qolipning cheti ochiladigan bo'lsa, juda qulay bo'ladi. Yoygan xamirni qolipga olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum, qaymoq va qora murchni bitta idishga solamiz va venchikda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Kurka go'shtini mayda to'g'rab olamiz.

Aralashmaga pishloqni mayda qirg'ichdan chiqarib solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir ustidan to'g'ralgan go'shtni sepamiz.

Ustidan tuxumli aralashmani quyamiz.

180 C darajada qizigan pechda 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm un
100 gramm muzdek sariyog'
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
Asosiga:
300 gramm kurka go'shti
4 ta tuxum
150 millilitr qaymoq
100 gramm pishloq
ta'bga qarab qora murch
oldingi
Videoretsept: Go’shtli non
keyingi
Ryajenkadan tayyorlangan parhezbop desert

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.