Videoretsept: Tezpishar asalli tort
Masalliqlar:
-
3 ta tuxum
-
120 gramm shakar
-
100 gramm sariyog'
-
3 osh qoshiq asal
-
250 gramm un
-
10 gramm qabartma
-
Kremiga:
-
400-450 gramm smetana
-
300 millilitr quyultirilgan sutmoloko
Yo’nalishlar
Asalli tortni ko’pchilik sevib iste’mol qiladi-yu, ammo undan tayyorlash jarayoni uzoq vaqtni talab qilishi sabab ham, ko’pincha tayyorlashga erinishadi.
Ammo, mana bunday usulda tayyorlaniladigan tort sizdan ko’p vaqt, ayniqsa esa ko’p masalliqlarni talab qilmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
120 gramm shakar | |
100 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq asal | |
250 gramm un | |
10 gramm qabartma | |
Kremiga: |
|
400-450 gramm smetana | |
300 millilitr quyultirilgan sut |
Qozonchaga sariyog' va asalni solamiz, gazga qo'yib eritamiz. Qabartmani solib, aralashtirib olamiz.
Tuxum va shakarni birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Ustidan asal-sariyog'li aralashmani quyib, aralashtirib olamiz.
Unni elab solamiz va aralashtirib olamiz.
Aylanasi 18 sm li qolipga xamirni quyamiz va 175-180 C darajada 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan korjni qolipidan ajratib, sovutib olamiz va ikki yoki uch bo'lakka bo'lamiz.
Chetlaridan chiqqan urvoqlarini ustiga sepish uchun olib qo'yamiz.
Kremini tayyorlaymiz:
Muzdek smetanani yaxshilab ko'pirtirib olamiz, so'ng ko'pirtirishni to'xtatmay, quyultirilgan sutni oz-ozdan quyamiz.
Kremni surtib, tortni yig'amiz. Usti va chetlariga urvoqlaridan sepib, bezatamiz.
Tortni kamida 3 soatga, iloji bo'lsa, bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.m