Kraffinlar
Masalliqlar:
-
Xamiriga
-
150 millilitr sutilitilgan
-
300 gramm un
-
50 gramm shakar
-
50 gramm eritilgan sariyog'
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
quruq achitqi
-
Asosiga
-
120 gramm sariyog'yumshatilgan
Yo’nalishlar
Odatdagi nonushtalaringiz ro’yxatini yana bittaga kraffinlar bilan boyiting! Kraffinlar – maffinlar va kruassanlarning aralashmasidan tayyorlaniladigan xushta’m pishiriq hisoblanadi.
Xamir qatlamlariga sariyog’ surtiladi, bu bilan cheklanib qolmasdan ta’bga qarab ularga yong’oqlar, xushbo’y ziravorlar, shokolad va reza mevalar qo’shsa bo’ladi.
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
150 millilitr sut | |
300 gramm un | |
50 gramm shakar | |
50 gramm eritilgan sariyog' | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
quruq achitqi | |
Asosiga |
|
120 gramm sariyog' |
1-qadam
Sutga achitqi solinib, aralashtiriladi va ustidan 1 choy qoshiq shakar solib, oshirishga 10 daqiqaga qo'yiladi.
Aralashma ustida ko'pikchalar paydo bo'lib, shishib qolsa tayyor bo'lgan bo'ladi.
2-qadam
Alohida idishga un, tuz va shakar solinadi va aralashtiriladi.
Ustidan xamirturushli massa solinadi.
Hammasi aralashtirilib, so'ngra eritilgan sariyog' quyiladi.
3-qadam
Xamir 15-daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi.
Usti oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopilib, oshxona sochig'i to'shab qo'yiladi.
Xamir oshishi uchun iliqroq joyda 40 daqiqaga tindirib qo'yiladi.
4-qadam
Bu vaqt mobaynida xamir ikki hissaga oshib ko'tarilishi kerak.
Va u 4 ta teng qismga bo'linib, har biriga aylana shakl beriladi.
Ular yana pelyonka bilan yopilib, yana 10 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.
5-qadam
Keyin har bir aylana kengligi 12-14 sm, uzunligi 50-70 smda yoyiladi.
7-qadam
Har bir kesilgan xamir bo'laklari shilliqurtga o'xshatib, burab olinadi va keks pishirishga mo'ljallangan qolipchalarga solinadi.
8-qadam
Qolipchalar usti oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopiladi va yana 1 soatga iliq joyga olib qo'yiladi.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishiriladi.
Pishiriqlarimiz sovigandan so'ng ustidan shakar upasi sepiladi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
150 millilitr sut | |
300 gramm un | |
50 gramm shakar | |
50 gramm eritilgan sariyog' | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
quruq achitqi | |
Asosiga |
|
120 gramm sariyog' |