Megrelcha xachapuri
Masalliqlar:
-
150 millilitr iliq suv
-
2 choy qoshiq shakar
-
2 choy qoshiq quruq xamirturush
-
100 millilitr iliq sut
-
30 gramm sariyog'
-
1 dona tuxum
-
1 choy qoshiq tuz
-
500 gramm un
-
600 gramm "suluguni" pishlog'i
-
2-3 ta ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Gruzincha xachapurilarning yana bir turi bu – Megrelcha xachapurilar bo’lib, uning nafaqat ichiga, balki ustiga ham pishloqdan sepilishi bilan farq qiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
150 millilitr iliq suv | |
2 choy qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq quruq xamirturush | |
100 millilitr iliq sut | |
30 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
500 gramm un | |
600 gramm "suluguni" pishlog'i | |
2-3 ta ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |
Stakanga iliq suvni quyamiz, shakar solib, aralashtiramiz.
Ustidan xamirturushni solamiz, aralashtirib olamiz. Ustini sochiq bilan yopib, 30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
Sariyog'ni eritib, sutni esa biroz ilitib olamiz.
Idishga un bilan tuzni elab solamiz. Ustidan eritilgan sariyog', iliq sut va tuxumni solamiz.
Xamirturushli aralashmani solib, yumshoqina xamir qorib olamiz. Xamirni 5 daqiqacha yaxshilab mushtlaymiz. Xamirni ustini ozroq yog'lab, sochiq bilan yopamiz va iliq joyga 2 soatga olib qo'yamiz.
Xamir ko'tarilib chiqqach, pishloqni olib, qirg'ichning katta tishchasidan chiqaramiz.
Xamirni olib, 3 qismga bo'lamiz. Har bir xamirni aylana shaklda yoyib, o'rtasiga 150 grammdan pishloqdan solamiz. Chetlarini birlashtirib, ag'daramiz va yana ozroq kattalashtirib yoyamiz.
Xamirning bir nechta joyini sanchiq bilan teshib, ustiga tuxum sarig'idan surtamiz.
Xamirni pergament qog'oz to'shalgan patnisga olib, ustidan qolgan pishloqni sepamiz va 200 C darajada 10 daqiqa pishiramiz. So'ng haroratni oxirigacha ko'tarib, qizarguniga qadar, taxminan 5 daqiqa pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 millilitr iliq suv | |
2 choy qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq quruq xamirturush | |
100 millilitr iliq sut | |
30 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
500 gramm un | |
600 gramm "suluguni" pishlog'i | |
2-3 ta ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |