fbpx
Kartoshka – qadimiy usulda pishirish

Kartoshka – qadimiy usulda pishirish

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qadimiy usulda gaz pechida pishirilgan kartoshka – hozirda sevib iste’mol qilinadigan kartoshka qalamchalari va qovurilgan kartoshdan mazaliroq chiqadi. U o’ziga xos xushbo’y hidli, usti qizarib pishgan qarsildoq va ichi esa yumshoqqina bo’lib pishadi.

Bu ovqatni pishirish sizdan ko’p vaqtni talab qilmasligi bilan juda qulaydir. Bu ovqat pishgunicha siz boshqa ishlar bilan shug’ullanasiz, gaz pechidan taralayotgan hid esa barcha oila a’zolaringiz dimog’ini qitiqlaydi.

Bu ovqatni tayyorlashda biz sarimsoqpiyoz kukunidan foydalanamiz -uni qanday tayyorlashni esa bu yerdan bilib olasiz.

Masalliqlar:

500 gramm kartoshka
0.5 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq quritilgan qalampir
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
ta'bga ko'ra yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga ko'ra tuz va murch
3-4 qoshiq zaytun moyi
Qadam 1
Tugallandi

1-qadam

Kartoshka yuvilib, po'sti archiladi va aylana shaklda to'g'raladi.
Agar kartoshka yangi bo'lsa, po'stini archish shart emas.

Qadam 2
Tugallandi

2-qadam

Kartoshka katta idishga solinadi, ziravorlar sepib aralashtiriladi. Ustidan zaytun moyi solinib, yaxshilab aralshtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

3-qadam

Gaz pechi patnisi olib, ustiga pishiriq pishirishga mo'ljallangan yog'langan qog'oz solinadi va ustidan kartoshka bir qavat qilib terib chiqiladi.
180-190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm kartoshka
0.5 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq quritilgan qalampir
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
ta'bga ko'ra yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga ko'ra tuz va murch
3-4 qoshiq zaytun moyi
oldingi
Shokoladli salyami
keyingi
Ko’rgazmali pechenyelar

4 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.