Qovoqli quyuq sho’rva
Masalliqlar:
-
500 gramm qovoq
-
1 bosh piyoz
-
1 dona sabzi
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
500 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i
Yo’nalishlar
Bu haftada havo iliq va quyoshli bo’lishi bashorat qiliniyotgan ekan, mazali, yorqin, oson tayyorlanadigan va to’yimli sho’rvalar tayyorlashning ayni payti.
Sizlarga bu safar kuzda sevib iste’mol qilsa bo’ladigan, yorqin rangdagi qovoqli krem-sho’rvani tayyorlashni maslahat beramiz.
Bunday sho’rva tayyorlashning ko’p usullari mavjud bo’lib, biz sizlarga o’zimizning oddiy va tez tayyorlanadigan, lekin juda mazzali bo’lgan turini o’rgatamiz.
Sho’rvaga xohishga qarab, sabzavotli yoki tovuqli bulyon qo’shiladi. Agar bir oz qaymoq ham qo’shilsa, unda to’yimli quyuq sho’rva amrimga muntazir deyavering. Bu ovqat yangi yanchilgan qora murch yoki qovoq urug’lari bilan dasturxonga tortiladi.
Masalliqlar:
500 gramm qovoq | |
1 bosh piyoz | |
1 dona sabzi | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
500 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i |
Piyoz va sabzi po'sti archiladi va kichik qilib to'g'raladi.
Qovoq po'sti va urug'idan tozalaniladi va mayda qayroqcha shaklida to'g'raladi.
Tovada yog' qizdiriladi va avval piyoz bilan sabzi 5 daqiqacha qovuriladi, so'ng to'g'ralgan qovoq solib qovurishda davom etiladi.
Yana 5 daqiqa qovurilgandan so'ng, olov pasaytirilib, tayyor bo'lguncha dimlab qo'yiladi.
So'ng bulyon solib, qaynash darajasiga yetkaziladi.
Sho'rva blender yordamida ezg'ilanadi va ehtiyojga qarab bulyon qo'shiladi.
Masalliqlar:
500 gramm qovoq | |
1 bosh piyoz | |
1 dona sabzi | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
500 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i |
2 Sharhlar Hide Comments
Salom.Zira❤
Saytizga savayarti lechenyeni pishirishi video retseptini qo’yolisizmi iltimos
Assalomu aleykum, hozircha svayardi pechenyelarining oddiy retsepti bor, videoretsept usulida taqdim etishga harakat qilamiz! 🙂