fbpx
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: sho’rva

Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: sho’rva

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

O’zbekistonda kim qaynatma, tiniq rangli va juda mazali sho’rvani sevib iste’mol qilmaydi? Hyatt Regency mehmonxonasi restoranining bosh oshpazi o’zining sho’rva tayyorlash sirlarini biz bilan bo’lishdi.

Qaynatma sho’rva – o’zbek oshxonasining gultojidir. Sho’rvaning xuddi shunday tayyorlanish usuli esa eng foydali hisoblanadi, chunki bunda hech narsa qovurilmaydi, barcha sabzavotlar va go’sht past olovda qaynatiladi.

 

Masalliqlar:

500 gramm qo'y to'shi
2 dona kartoshka
1 bosh piyoz
1 ta sabzi
1 ta
1-2 dona bulg'or qalampiri har xil rangda bo'lsa yana yaxshi
ta'bga ko'ra qora murch
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra zira
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga suv quyiladi, go'sht katta bo'laklarga bo'linib past olovda bir soat qaynatiladi. Sho'rva ustida hosil bo'lgan ko'piklar muntazam ravishda olib tashlanadi.

Qadam 2
Tugallandi

Bir soat qaynatgandan so'ng esa barcha sabzavotlar katta-katta to'g'ralib, sho'rva ichiga solinadi.
Sabzavotlarning ta'mi sho'rvaga chiqishi uchun 2 soat davomida past olovda qaynatiladi.

Qadam 3
Tugallandi

Maslahat: pomidorning tarkibidagi kislota tufayli kartoshkalar yaxshi pishmasligi mumkin. Shuning uchun pomidorni oxirida solish o'rinlidir.
Ziravorlar ham sho'rvaning tayyor bo'lishiga 15 daqiqa qolganda solinadi.
Sho'rva pishgandan so'ng idishlarga suziladi va to'g'ralgan ko'katlar bilan bezatiladi.
Hyatt Regency mehmonxonasi xodimlariga suratga olish va yuqoridagi ma'lumotlarni tayyorlash jarayonlarida ko’maklashganlari uchun alohida tashakkur bildiramiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm qo'y to'shi
2 dona kartoshka
1 bosh piyoz
1 ta sabzi
1 ta
1-2 dona bulg'or qalampiri har xil rangda bo'lsa yana yaxshi
ta'bga ko'ra qora murch
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra zira
oldingi
Italyancha pomidor qaylali spagetti
keyingi
Profitroli

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.