fbpx
Qaynatma krem tayyorlash qoidalari

Qaynatma krem tayyorlash qoidalari

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pazandachilikka asoslangan o’quv muassasalarida birinchi bo’lib nimani o’rgatishini bilasizmi? Albatta, qaynatib pishiriladigan kremni. Chunki bu kremning ishtirokisiz eng ko’p tarqalgan shirinliklarni tayyorlashning umuman iloji yo’qdir.

Biroz nazariyaga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, qaynatma kremlarning bu asosi kustarddir. Kustard – inglizcha krem bo’lib, u qaymoq yoki sut, shakar va tuxum sarig’idan tayyorlaniladi. Agarda kustard duxovkada pishirilsa, kremli shirinliklarning durdonasi hisoblanmish, karamelli krem, krem-bryule va qizartirib pishirilgan kremlar hosil bo’ladi. Nonli va guruchli pudinglarning asosi ham kustarddir. Agarda kustardga ko’pirtirilgan qaymoq qo’shilsa, u mussga aylanadi. Mussdan suflegacha esa bir qadam – ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shiladi va duxovkada pishirib olinadi. Shu bilan birga shuni eslatib o’tamiz: biz sevgan pishloqli pirog (chizkeyk) ham xuddi kustarddek, faqatgina sut yoki qaymoqning o’rniga tvorogli pishloq qo’shish yo’li bilangina tayyorlanadi. Va nihoyat, kustarddagi sutli asosni spirtli ichimlikka almashtirsak, masalan marsala yoki shampan vinosi qo’shilsa: sabayon – ya’ni tiramisu uchun oshirma krem hosil bo’ladi.

Qaynatma krem tayyorlashning asosan ikki xil usuli bo’lib, birinchisi – haroratni muvofiqlashtirib pishirish, ikkinchisi esa suv bug’idan foydalanish usuli bilan. 

Tuxum haroratiga muvofiqlashtirish usuli

Qisqacha aytib o’tadigan bo’lsak, bu tushunchaning orqasida quyidagi muammo turadi – qanday qilib ikki xil darajada bo’lgan mahsulotlarni birlashtirsa bo’ladi?! Bu borada yetarlicha ma’lumotsiz qaynoq sutda tuxumlarni pishirib qo’yish hech gap emas. Bunday xatoga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagilarni bilib olsangiz foydadan holi bo’lmaydi.

  1. Tuxum sarig’i shakar bilan ko’pirtiriladi.
  2. Tuxum sarig’iga qaynoq suyuqligimizni quyishni boshlaymiz. Bu bir necha usulda bajariladi. Birinchi safar soladigan sutimizning miqdori tuxum sarig’ining yarmidan oshmasligi kerak. Tinmasdan aralashtiramiz. Tuxum sarig’i isib olgandan so’ng esa qo’rqmasdan qolgan suyuqligimizni 1/3 ini solaveramiz.
  3. Shundan so’ng tuxum sarig’i yetarli darajada isib oldi, endi qolgan suyuqligimizni hammasini solamiz. Hosil bo’lgan qorishmanigaz plitasiga o’rtacha olovga qo’yib, to quyuqlashguncha tinmasdan aralashtiramiz.

Suv bug’i usulida

Yuqorida biz inglizcha kremni qanday to’g’ri tayyorlash kerakligi to’g’risida yozib o’tdik. Bu usluda idishlarning biriga suv yarim to’ldiriladi, gaz plitasining ustiga qo’yiladi va ustiga alohida idish qo’yib, uning ichida bu krem tayyorlaniladi.

Ikkta eslatma:

  1. Suv qattiq qaynab, ustidagi idishning ichiga sachrashi mumkin emas – kustard kremi faqatgina bug’ ustida tayyorlaniladi.
  2. Shisha idishlardan foydalanilmasa ayni muddao, chunki uning yorilib ketishi ehtimoldan holi emas.

Yuqoridagi barcha asosiy qoidalarga amal qilsangiz, siz tayyorlaydigan qaynatma krem a’lo darajada chiqishiga shubha yo’q.

 

 

Masalliqlar:

500 millilitr sut
6 dona tuxum sarig'i
125 gramm shakar
ta'bga qarab vanil ekstrakti
Qadam 1
Tugallandi

1-qadam

Sut shakarning yarmi va vanil ekstrakti bilan qaynash darajasiga yetkaziladi.

Qadam 2
Tugallandi

2-qadam

Tuxum sarig'iga shakarning qolgan yarmi qo'shiladi, tuxum oqarib, shakar eriguncha yaxshilab ko'pirtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

3-qadam

Aralashtirishni to'xtatmasdan, tuxum sarig'iga issiq sut oz-ozdan quyiladi.

Qadam 4
Tugallandi

4-qadam

Tuxum sarig'i va sut solingan idish suv bug'ining ustiga qo'yiladi.
Suv qattiq qaynab ketmasligi kerak, aks holda krem ichiga tushib qolishi mumkin, krem faqat bug' da pishishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

5-qadam

Krem quyuqlashib, silliq holatga kelgunicha gaz plitasi ustida tinmasdan aralashtirib turiladi.
Krem ustida birinchi ko'pikchalar hosil bo'lishi bilanoq gazdan olinadi va oziq- ovqat pelyonkasi bilan usti yopilib, soviguncha tindirib qo'yiladi.
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va har doim yangi retseptlarimiz markazida bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 millilitr sut
6 dona tuxum sarig'i
125 gramm shakar
ta'bga qarab vanil ekstrakti
oldingi
Ko’rgazmali pechenyelar
keyingi
Kartoshkali toblatma (graten)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.