Sushi-tort
Masalliqlar:
-
200 gramm yumaloq donli guruch
-
4 ta nori bargi
-
2 ta bodring
-
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
-
250 gramm dudlangan qizil baliq
-
400 gramm qaymoqli pishloq
-
4 osh qoshiq mayonez
-
1 osh qoshiq guruch sirkasi
-
1 choy qoshiq tuz
-
yarim choy qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Mazali sushilardan iste’mol qilishni istaysiz-u, ammo ularni o’rab-chirmashga eriniyapsizmi? Unday bo’lsa, buning oson yo’li sanalmish sushi tortidan tayyorlang.
Bunday retseptning avzalligi shundaki, asos sifatida siz o’zingizning eng sevimli masalliqlaringizdan solishingiz mumkin.
Tavsiya! Tortni kesishda o’tkir pichoqni yaxshilab ho’llab, so’ng kesib chiqish tavsiya etiladi.
Sushi-tortni bizlar aylanasi 18 sm li, cheti ochilib-yopiladigan tort qolipida tayyorladik.
Masalliqlar:
200 gramm yumaloq donli guruch | |
4 ta nori bargi | |
2 ta bodring | |
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari | |
250 gramm dudlangan qizil baliq | |
400 gramm qaymoqli pishloq | |
4 osh qoshiq mayonez | |
1 osh qoshiq guruch sirkasi | |
1 choy qoshiq tuz | |
yarim choy qoshiq shakar |
Guruchni pishgunicha qaynatib olamiz.
Ustidan tuz, shakar va sirkani solib, aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.
Nori barglarini qolip kattaligida kesib olamiz.
Qizil baliq va bodringni uzunasiga yupqa qilib to'g'rab olamiz.
Qisqichbaqa tayoqchalarini ham uzunasiga ikkiga bo'lib olamiz.
Mos likopcha olib, ustidan tortning aylana qolipini qo'yamiz va birinchi bo'lib, guruchning teng yarmini solamiz.
Ustini tekislab, ozroq mayonezdan surtamiz.
So'ng pishloqning yarmini suertib, ustidan bodringning yarmini solamiz. Ustidan nori bargini qo'yamiz.
So'ng qizqichbaqa tayoqchalari, ozroq mayonez va qolgan bodringni solib, tekislab olamiz.
Ustidan qolgan pishloq, baliqni teramiz va nori bargini to'shaymiz.
Mayonez surtib, qolgan guruchni solib tekislaymiz.
30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng aylana qolipni yechib, ustidan kunjut sepamiz. Ta'bga qarab bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm yumaloq donli guruch | |
4 ta nori bargi | |
2 ta bodring | |
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari | |
250 gramm dudlangan qizil baliq | |
400 gramm qaymoqli pishloq | |
4 osh qoshiq mayonez | |
1 osh qoshiq guruch sirkasi | |
1 choy qoshiq tuz | |
yarim choy qoshiq shakar |