Konservalangan loviya va makkajo’xorili salat
Masalliqlar:
-
100 gramm konservalangan qizil loviya
-
2 dona qaynatilgan tuxum
-
70 gramm konservalangan loviya
-
100 gramm pomidor
-
100 gramm bodring
-
1 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab har xil ko'katlar
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Yana bir yengil va kam kaloriyali salat retsepti bilan tanishing. Sabzavotlar va ko’katlardan tashkil topgan bu salat oddiy bo’lsada, ammo o’zgacha bir mazali hamdir.Bunday salatni kechki taom o’rnida ham tanovvul qilish mumkin.
100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: kaloriyasi — 95.31 kKal bo’lib, oqsillar — 5.11 gramm, yog’lar — 4.91 gramm, uglevodlar — 7.71 grammni tashkil etadi.
Masalliqlar:
100 gramm konservalangan qizil loviya | |
2 dona qaynatilgan tuxum | |
70 gramm konservalangan loviya | |
100 gramm pomidor | |
100 gramm bodring | |
1 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab har xil ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tuxumni qaynatamiz, mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Sabzavotlarni to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Ko'katlarni esa mayda qilib to'g'raymiz.
Hammasini chuqurroq idishga solamiz, loviya va makkajo'xorini solib, tuz bilan muchni ham sepamiz. O'simlik yog'ini solib, aralashtirib olamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 gramm konservalangan qizil loviya | |
2 dona qaynatilgan tuxum | |
70 gramm konservalangan loviya | |
100 gramm pomidor | |
100 gramm bodring | |
1 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab har xil ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch |