fbpx
Mak va limon solib pishirilgan maffinlar

Mak va limon solib pishirilgan maffinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyingizda ortiqcha limonlar bormi? Unda juda mazali bo’lgan maffinlardan tayyorlang.

Usti qizarib pishgan, limon ifori taralib turadigan bunday maffinlar hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

160 gramm un
4 gramm qabartma
230 gramm shakar
195 gramm eritilgan sariyog'
3 ta katta bo'lmagan tuxum 270 gramm
1 osh qoshiq limon po'sti
1 osh qoshiq mak
65 gramm limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 160° darajaga yoqib qo'yamiz. Barcha kerakli masalliqlarni olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni mikroto'lqinli pechda yoki qozonchada eritib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un bilan qabartmani elab, chuqurroq idishga solamiz. Venchikda aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Blender idishiga tuxum va shakarni solamiz, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Buni mikserda qilish ham mumkin, lekin blenderda yaxshiroq holatda chiqadi.

Qadam 5
Tugallandi

Unli aralashmani yarmini solamiz, blenderda ko'pirtirib olamiz. So'ng qolganini ham solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Silliq holatga kirgandan so'ng eritilgan sariyog'ni solib aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Navbat limon sharbatiga yetdi. Limon sharbatini quyib, ko'pirtirib olamiz, so'ng esa mak va limon po'stini solib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Xohishga qarab, bir kechaga ham qoldirish mumkin.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni maffinlarga mo'ljallangan qog'ozli qolipchalarga quyamiz. Tepasidan 1 sm cha joy qoldiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

160 gramm un
4 gramm qabartma
230 gramm shakar
195 gramm eritilgan sariyog'
3 ta katta bo'lmagan tuxum 270 gramm
1 osh qoshiq limon po'sti
1 osh qoshiq mak
65 gramm limon sharbati
oldingi
Quritilgan olxo’ri va yong’oq solingan suli yormasidan pechenyelar
keyingi
Sersuv bo’lib pishadigan tovuqli kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.