fbpx
Videoretsept: Bayramona tovuqli rulet

Videoretsept: Bayramona tovuqli rulet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu rulet bizlarning eng sevimli taomlarimiz safiga kiradi. Bedana tuxumlari solingan bu rulet har qanday dasturxonga ko’rk bersa, uning mazali ta’mi esa hech kimni befarq qoldirmaydi.

Bu taomga o’zgacha ta’mni esa aniq bir masalliqlar orqali taqdim etish mumkin bo’lib, aynan qaysi mahsulotlar to’liq retseptda bilib olasiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.


.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq go’shtidan qilingan qiyma
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
1 dona qizil bulg’or qalampiri
1 dona kartoshka
1 bog’ xohlagan ko’katlardan
ta’bga qarab tuz va murch
1 dona tovuq tuxumi 
0,5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni 
7-8 dona bedana tuxumi
Qadam 1
Tugallandi

Tovuqli qiymaga mayda to‘g’ralgan bulg’or qalampiri va piyoz solinadi.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshka va sabzini qirg’ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum, to‘g’ralgan kko’katlar va barcha ziravorlarni solamiz. Tuz va murch sepamiz.
Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Uzunchoq qolipga yaxshilab o’simlik yog’i surtib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymani teng ikkiga bo’lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qiymaning yarmini qolipga solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustidan qaynatilgan va po’stidan archilgan tuxumlarni terib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qiymaning ikkinchi yarmini solib, tekislaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qolipni ustini folga bilan yopib, 180 С darajada qizdirilgan pechda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor bo’lishidan 10 daqiqa oldin rulet qizarib pishishi uchun folgani olib tashlaymiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pishgan ruletni avval sovutib, so’ng dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq go’shtidan qilingan qiyma
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
1 dona qizil bulg’or qalampiri
1 dona kartoshka
1 bog’ xohlagan ko’katlardan
ta’bga qarab tuz va murch
1 dona tovuq tuxumi 
0,5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni 
7-8 dona bedana tuxumi
oldingi
Kefir solib pishirilgan mazali pechenyelar
keyingi
Qo’y to’shlaridan ajoyib ta’mli taom

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.