fbpx
«Pancho» torti

«Pancho» torti

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

  • Asosiga:

  • Ustiga:

Yo’nalishlar

«Pancho» torti ajoyib ko’rinishda bo’lishidan tashqari, juda ham mazali hamdir. Bizlar pishirgan tortlar orasida u hozircha birinchilikni egalladi.

Asosiga ananas o’rniga banan yoki olchadn ham solishingiz mumkin (bu o’zimizda sinab ko’rilgan, haqiqatdan ham mazali). Yoki o’z tasavvuringizdan kelib chiqib, xohlagan mahsulotlaringizdan foydalanib ko’ring.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
6 ta tuxum
200 gramm un
4 osh qoshiq kakao kukuni
250 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
Kremiga:
400 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
200 gramm yog'li qaymoq
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
4-5 ta konservalangan ananas halqachalari
1 stakan tozalangan yong'oq
Ustiga:
50 gramm qora shokolad
30 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratidagi tuxumlarni chuqurroq idishga chaqib solamiz.

Mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz (buning uchun kamida 5 daqiqa vaqt kerak bo'ladi). So'ng shakarni sepamiz. Shakarlar eriguniga qadar ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga quruq masalliqlarni solamiz: un, qabartma va kakao kukuni. Ularni elab, oz-ozdan tuxumli aralashmaga solamiz. Ehtiyotkorlik bilan qoshiqda pastdan tepaga qilib aralashtiramiz. Natijada silliq va yopishqoq xamirga ega bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aylanasi 22 sm li qolipning ichki tomoniga sariyog'dan surtamiz. Qulayroq bo'lishi uchun qolip ostiga pergament qog'ozdan to'shash ham mumkin. Xamirni qolipga quyamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Biskvit pishganini gugurt donasi bilan tekshirib ko'ramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kremni tayyorlab olmamiz

Biskvit pishguniga qadar qaymoq-smetanali kremni tayyorlab olamiz. Buning uchun muzdek qaymoqni chuqurroq idishga solamiz. Qaymoqni mikser yordamida avvaliga sekinroq, vaqt o'tishi bilan tezligini oshiramiz.
Qaymoq quyuqlasha boshlagach smetana va shakarning hammasini solamiz. Shakar erigunga qadar ko'pirtiramz.

Qadam 5
Tugallandi

Biskvitni to'liq sovutib olamiz. Xohishga qarab, biskvitni bir kun oldin pishirib qo'yish ham mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

Biskvit xamirini o'tkir pichoq bilan ikkiga bo'lamiz: ostki qavati yupqaroq, taxminan 1 sm qalinlikda bo'lishi kerak. Ustki biskvit xamiridan 2-3 sm qalinlikdagi to'rtburchaklar kesib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ostki biskvit qavatini kattaroq likopga olamiz. Ustidan qiyom sifatida konservalangan ananas ichidagi suvidan 7-8 qoshiq quyamiz. Ustidan krem surtamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Yong'oqlarni o'rtacha kattalikda maydalab olamiz. Birinchi biskvit ustidan yong'oq sepamiz va ananasni ham to'g'rab, bir qismini terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Kesilgan biskvit bo'lakchalarini kremga botirib olib, ostki qavat ustidan terib chiqamiz. Tortni tepaliksimon ko'rinishda yig'ish lozim. Oxirgi biskvit bo'laklari, yong'oq va ananasni qolgan kremga solib aralashtiramiz va tort ustidan teramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tepaliksimon shakldagi tortga ortgan kremdan surtib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Glazur uchun shokolad va sariyog'ni bo'lakchalarga bo'lib, mikroto'lqinli pech yoki suv bug'ida eritib olamiz.

Sovigan glazurni qandolatchilik qopchasi yoki yelim xaltaga solib, tort ustidan quyamiz. Ustidan yong'oqdan sepib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor tortni kamida 3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng olib, choy yoki qahva bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
6 ta tuxum
200 gramm un
4 osh qoshiq kakao kukuni
250 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
Kremiga:
400 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
200 gramm yog'li qaymoq
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
4-5 ta konservalangan ananas halqachalari
1 stakan tozalangan yong'oq
Ustiga:
50 gramm qora shokolad
30 gramm sariyog'
oldingi
Oshirma xamirdan tayyorlangan tvorogli o’rama
keyingi
Smetanali qaylada pishirilgan tovuq oyoqchalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.