fbpx
Videoretsept: pishloqli gazakbop maffinlar

Videoretsept: pishloqli gazakbop maffinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pishloqli pishiriqlarni sevib iste’mol qiluvchilar bizlarni yaxshi tushunishadi.

Tez tayyorlanilishi mayli, ta’mini aytmaysizmi juda ham mazali!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 22 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 dona tuxum
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
100 gramm tvorog
100 gramm sariyog'
140 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
70 gramm zaytun mevasi
ta'bga qarab oregano
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni tuz bilan ko'pirtirib olamiz. Xona haroratida yumshagan sariyog' va tvorogni solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un bilan qabartmani elab ustidan solamiz va aralashtiramiz. Quyuq xamir hosil bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Parrak qilib to'g'ralgan zaytun mevalari va oreganoni solamiz, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Maffinlarga mo'ljallangan qolipchalarga xamirdan solamiz, ustini tekislab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona tuxum
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
100 gramm tvorog
100 gramm sariyog'
140 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
70 gramm zaytun mevasi
ta'bga qarab oregano
oldingi
«Shuba ostidagi seld balig’i» ruleti
keyingi
Batafsil fotoretsept: Pishirish talab etilmaydigan tvorogli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.