Videoretsept: Uy sharoitida tayyorlangan qatlamali somsa
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
400 gramm 1-navli un
-
130 millilitr iliq suv
-
1 dona tuxum
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
1.5 choy qoshiq tuz
-
Asosiga:
-
400 gramm mol go'shtidan qiyma
-
400 gramm piyoz
-
100 gramm dumba yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab zira
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Somsalarning mazali chiqishi uning xamirining to’g’ri tayyorlanilishidadir. Shu sabab siz ham bizning videoretseptimizdan foydalanib, oila a’zolaringizni mazali qatlama somsalar bilan siylang.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm 1-navli un | |
130 millilitr iliq suv | |
1 dona tuxum | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
400 gramm piyoz | |
100 gramm dumba yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab zira | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Tog'orachaga suv, tuz, tuxum, sirka va o'simlik yog'ini solib aralashtirib olamiz.
Unni elab olamiz va ustidan suyuqlikni solib, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qorib olamiz.
Xamirni ustidan o'simlik yog'i surtib, ustini yopamiz va 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Tingan xamirni olib, 1-2 mm yupqalikda yoyib olamiz.
Qatlamali pishiriqlarga mo'ljallangan margarinimizni eritib, yoygan xamirning ustiga surtib chiqamiz.
So'ng xamirni ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.
Pichoq yordamida xamirlarni 5-6 sm qalinlikda kesib chiqamiz. Hozirgi xamirimizdan 12-14 dona somsa uchun kulchachalar chiqadi.
Kesilgan xamirlar likopchaga teriladi va usti yelim qog'ozda yopiladi. Xamirdagi margarin yaxshiroq qotishi uchun bir necha soat, iloji bo'lsa bir kechaga muzlatgichga yo'llanadi.
Asosini tayyorlaymiz
Piyoz va dumba yog'ini mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va qiymaga solamiz.
Ustidan tuz ziravorlarni solib aralashtiramiz.
Har bir xamir bo'lakchalari taxminan 0,7 mm qalinlikda, aylanasini esa 10 sm kattalikda yoyiladi.
Barchasini yoyib bo'lganingizdan so'ng qiymani taqsimlaysiz. Taxminan 1.5 osh qoshiqdan to'g'ri keladi.
Somsalarga har kim o'z xohishicha shakl berishi mumkin. Bizlar uchburchak shaklda pishirishga qaror qildik.
Patnisga pergament qog'oz to'shab, ustidan somsalarni terib chiqamiz.
Somsalarni ustiga tuxum sarig'i surtib chiqamiz va kunjut sepib bezatamiz.
So'ng 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida tillarangga kirgunicha, taxminan 30-35 daqiqa pishirib olamiz va ajoyib ta'mdan rohatlanamiz. Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm 1-navli un | |
130 millilitr iliq suv | |
1 dona tuxum | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
400 gramm piyoz | |
100 gramm dumba yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab zira | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |