Olmali quymoqchalar
Masalliqlar:
-
5 ta olma
-
40 gramm sariyog'
-
250 millilitr sut
-
1 dona tuxum
-
70 gramm shakar
-
70 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartmarazrixlitel'
-
bir chimdim tuz
-
yarimta limon sharbati
Yo’nalishlar
Olmani xush ko’ruvchilar uchun bizlar yana bir ajoyib retseptni taqdim etamiz. Olma solib pishiriladigan quymoqchalar b1`utun oila a’zolari uchun birdek foydali yegulik sanaladi.
Bunday pishiriqlar uchun iloji boricha nordon-shirin ta’mli qattiq olma navlaridan foydalanish kerak bo’ladi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
5 ta olma | |
40 gramm sariyog' | |
250 millilitr sut | |
1 dona tuxum | |
70 gramm shakar | |
70 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
yarimta limon sharbati |
Olmalarni yuvib, 5 mm qalinlikda parrak qilib to'g'rab olamiz.
Pichoq yordamida o'rtasini olib tashlaymiz.
Sariyog'ni eritib olamiz, ustidan tuxum, sut va shakarni solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtirib olamiz.
Un bilan qabartmani elab, ustidan solamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.
Tovaga ozroq o'simlik yog'i solib qizdiramiz.
Olma bo'lakchalarini ikki tomonini ham xamirga botirib olamiz va tovaga solib qovuramiz.
Smetana yoki asal bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.