Olmali sochma pirog
Masalliqlar:
-
1 stakan bug'doy yormasi
-
1 stakan un
-
1 stakan shakar
-
1 kilo olma
-
100 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
1 choy qoshiq qabartma
-
Yo’nalishlar
Eng tez va oson tayyorlaniladigan olmali pirog retseptini kutib oling. Oddiy masalliqlar va ajoyib natija barcha oila aʼzolaringizni quvontirishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 stakan bug'doy yormasi | |
1 stakan un | |
1 stakan shakar | |
1 kilo olma | |
100 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
1 choy qoshiq qabartma | |
Dolchindan tashqari barcha quruq masalliqlarni birlashtiramiz.
Olmalarni poʻsti va danagidan tozalab, qirgʻichning katta tishchasidan chiqarib olamiz. Dolchinni solib, aralashtirib olamiz.
Qolipga sariyogʻ surtamiz va quruq aralashmani toʻrtga boʻlamiz. Avval bir qismini solib, ustidan olmaning 1/3 qismini solamiz, soʻng yana quruq massani solamiz. Shunday qilib, bizda 4 ta qavatli quruq (eng pastki va ustki qavati quruq aralashmadan boʻladi), 3 qavat olmali qavat hosil boʻladi.
Eng oxirida sariyogʻni qirgʻichdan chiqarib, eng tepa qavatiga sepamiz. Gaz pechida 180 C haroratda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 stakan bug'doy yormasi | |
1 stakan un | |
1 stakan shakar | |
1 kilo olma | |
100 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
1 choy qoshiq qabartma | |