fbpx
«Grekcha salat» nomli parhezbop quymoq

«Grekcha salat» nomli parhezbop quymoq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Nonushta muhim tanovvul vaqtlaridan biri bo’lib, kun bo’yi qanday kayfiyatda yurishingiz ko’pincha unga bog’liq bo’lib qoladi. Shu sabab ham sizlarga tayyorlash jarayoni 20 daqiqadan ham kam vaqtni oluvchi «Grekcha salat» deb ataluvchi quymoqdan tayyorlashni tavsiya qilamiz, uglevod miqdori kam, oqsilga esa juda ham boy taomdir.

1 kishilik taomning taxminaviy ozuqaviy qiymati: 374 kKal bo’lib, oqsillar — 24 gr, yog’lar — 28 gr, uglevodlar — 5 gr ni tashkil etadi.

Masalliqlar:

5 ta tuxum
yarim bog' petrushka xohishga qarab
1 osh qoshiq zaytun moyi
1 dona pomidor yoki cherri pomidori
yarimta qizil piyoz
50 gramm feta pishlog'i
2 osh qoshiq zaytun mevasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Gaz duxovkasini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz. Pomidorni ham parrak qilib to'g'raymiz.

Agarda siz "cherry" pomidoridan ishlatsangiz, unda uni o'rtasidan teng ikkiga bo'ling.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumlarni chaqib idishga solamiz, tuz va murch sepib, sanchiqda ko'pirtirib olamiz.

Mayda to'g'ralgan petrushkani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga yog'ni solib qizdiramiz. Ustidan piyozni solib qizargunicha, taxminan 4 daqiqa qovuramiz, so'ng ustidan pomidor va zaytun mevalarini solib, yumshaguniga qadar qovurib pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ustidan tuxumli aralashmani quyamiz va 2 daqiqacha pishirib olamiz. So'ng feta pishlog'ini bo'laklarga bo'lib, ustidan solamiz va gaz pechiga yo'llaymiz.q

Qadam 6
Tugallandi

Quymoqni gaz pechida 5-6 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Ahamiyat bering, tovangiz gaz pechida pishirishga mo'ljallangan bo'lishi, qo'li yog'ochdan yoki plasmassadan qilinmagan bo'lishi lozim. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

5 ta tuxum
yarim bog' petrushka xohishga qarab
1 osh qoshiq zaytun moyi
1 dona pomidor yoki cherri pomidori
yarimta qizil piyoz
50 gramm feta pishlog'i
2 osh qoshiq zaytun mevasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Mol go’shtidan tayyorlangan teftellar
keyingi
Tovuq goʻshti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.