Ozarbayjoncha «Bodombura» pishirig’i
Masalliqlar:
-
150 gramm eritilgan sariyog'
-
1 stakan sut
-
4 ta tuxum sarig'i
-
yarim osh qoshiq quruq xamirturush
-
4-5 stakan un
-
bir chimdim tuz
-
qavatlariga surtish uchun eritilgan sariyog'
-
Asosiga:
-
250-300 gramm maydalangan bodomyoki yong'oq
-
250 gramm shakar
Yo’nalishlar
Bodombura — Ozarbayjon oshxonasiga tegishli taom bo’lib, bunda usti chiroyli ko’rinishga ega pishiriq ichiga bodom solib pishiriladi.
Bodomburani tayyorlash jarayoni unchalik ham qiyin emas, natijasi esa sizni quvontirishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.
Masalliqlar:
150 gramm eritilgan sariyog' | |
1 stakan sut | |
4 ta tuxum sarig'i | |
yarim osh qoshiq quruq xamirturush | |
4-5 stakan un | |
bir chimdim tuz | |
qavatlariga surtish uchun eritilgan sariyog' | |
Asosiga: |
|
250-300 gramm maydalangan bodom | |
250 gramm shakar |
Iliq sutga xamirturush va 1 choy qoshiq shakar solib aralashtiramiz va 10 daqiqaga qoldiramiz.
Unni elab, tog'orachaga solamiz, ustidan tuxum sarig'i, tuz, opara, eritilgan sariyog'ni solib, xamir qorib olamiz.
Xamir ko'tarilishi uchun yarim soat iliq joyga olib qo'yamiz.
Xamir oshgunicha asosni tayyorlab olamiz: maydalangan bodom yoki yong'oqni shakar bilan aralashtirib olamiz.
Oshgan xamorni olib ikkiga bo'lqmiz va har biridan 5-6 tadan koptokchalar yasab olamiz.
Har bir xamir bo'lakchasini 1-2 mm qalinlikda yoyib olamiz. Ustma-ust qo'yib, eritilgan sariyog'dan har bir qavatiga surtamiz. Ustma-ust terilgan xamirlarni xuddi ruletga o'xshab o'rab olamiz va 3 sm qalinlikdagi bo'lakchalar kesib chiqamiz.
Xamirchalarni o'rtasini chuqurcha qilib, asosdan solamiz va xuddi rasmdagidek shakl berib tugamiz.
170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida poshirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm eritilgan sariyog' | |
1 stakan sut | |
4 ta tuxum sarig'i | |
yarim osh qoshiq quruq xamirturush | |
4-5 stakan un | |
bir chimdim tuz | |
qavatlariga surtish uchun eritilgan sariyog' | |
Asosiga: |
|
250-300 gramm maydalangan bodom | |
250 gramm shakar |