fbpx
Tvorogli atirgulsimon pechenyelar

Tvorogli atirgulsimon pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday ajoyib pechenyelar uchun xamirni bir kecha oldin qorib qo’ysangiz, ertalab pishirib olasiz, qarabsizki atirgulli guldasta ham tayyor.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

2 ta tuxum sarig'i
100 gramm sariyog'
250 gramm tvorog
bir chimdim tuz tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
120 gramm shakar
400 gramm un
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga un va qabartmadan tashqari barcha masalliqlarni solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshagan sariyog' va tvorogni sanchiq bilan ezib maydalaymiz. Un va qabartmani elab solamiz va xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz va stakan yordamida aylana shaklchalar kesib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

To'rtta xamir bo'lakchalarini sal uchini teqizib, ustma-ust terib chiqamiz. So'ng ruletga o'xshab o'rab chiqamiz. Pichoq yordamida ularning teng o'rtasidan kesamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Atirgullarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz va 180 C haroratda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan pechenyelarni ustidan shakar upasini sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum sarig'i
100 gramm sariyog'
250 gramm tvorog
bir chimdim tuz tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
120 gramm shakar
400 gramm un
oldingi
Fransuzcha go’shtli taom
keyingi
Yong’oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli aralashma (miks)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.