fbpx
Qo’ziqorin bilan pishirilgan grechkali lapsha

Qo’ziqorin bilan pishirilgan grechkali lapsha

Masalliqlar:

  • Qo'ziqorinli qaylasiga:

  • Lapsha uchun qayla:

Yo’nalishlar

Grechkali lapsha o’zida nafaqat kerakli miqdordagi uglevodlarni, balki to’liq oqsilni ham saqlaydi. Agar unga brokkoli va qo’ziqorindan solinsa, to’yimli tushlik tayyor deyavering.

100 gramm taomning taxminiy ozuqaviy qiymati: 130.15 kKal bo’lib, oqsillar – 5.09 gr, yog’lar – 3.66 gr, uglevodlar – 20.31 gr ni tashkil etadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 27 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm shampinyon
250 gramm grechkali lapsha soba
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bosh brokkoli karami
yarimta piyoz
ta'bga qarab ko'katlar
Qo'ziqorinli qaylasiga:
0,5 osh qoshiq zaytun moyi
0,5 osh qoshiq uzum sirkasi
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq soya qaylasi
1 choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
Lapsha uchun qayla:
60 millilitr soya qaylasi
1 osh qoshiq zaytun moyi
yarimta limon sharbati
yarim osh qoshiq sedana yog'i
yarim choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
yarim osh qoshiq asal
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 220 darajaga qizdiramiz, gaz pechi patnisiga pergament qog'oz yoki folga to'shab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shampinyonlarni yuvib, teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qo'ziqorinli qaylaga kerakli barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz va qo'ziqorinlar ustidan solamiz. Gaz pechi patnisiga solib, gaz pechida 15 daqiqa pishirib olamiz. Agar qo'ziqorinlar katta bo'lsa, yana 10 daqiqa pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Grechkali lapshani yo'riqnomasiga qarab qaynatib oling.

Qadam 5
Tugallandi

Kattaroq tovaga 1 osh qoshiq o'simlik yog'idan solamiz, mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz va piyozni solib, birga 1 daqiqa qovuramiz. So'ng brokkolini bo'lib solamiz, ustidan ko'katlar, tuz va murch sepamiz. 5 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qaylaga kerakli masalliqlarni aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovadagi masalliqlar istidan qaynatilgan lapsha va qaylasini solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Likopchalarga solib, ustidan sedana sepamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm shampinyon
250 gramm grechkali lapsha soba
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bosh brokkoli karami
yarimta piyoz
ta'bga qarab ko'katlar
Qo'ziqorinli qaylasiga:
0,5 osh qoshiq zaytun moyi
0,5 osh qoshiq uzum sirkasi
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq soya qaylasi
1 choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
Lapsha uchun qayla:
60 millilitr soya qaylasi
1 osh qoshiq zaytun moyi
yarimta limon sharbati
yarim osh qoshiq sedana yog'i
yarim choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
yarim osh qoshiq asal
oldingi
«Oreo» shokoladli kulchalar (ponchik)
keyingi
«Calzone» pitsasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.