fbpx
Armancha kyata

Armancha kyata

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Gata (kyata) – milliy armancha pechenye bo’lib, tashqi ko’rinishi ruletchalarga o’xshab ketadi. Uning ta’mi qaymoq-vanilli ta’mda chiqib, isti biroz qarsildoq bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan taomga 31 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
350-400 gramm un
125 gramm sariyog'
180 millilitr smetana yoki kefir
0,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Asosiga:
125 gramm sariyog'
160 gramm un
100 gramm shakar
1 o'ram vanil shakari
100 gramm yong'oq
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Un bilan qabartmani elab olamiz. Ustidan sariyog', shakar tuzni solib, qo'lda ushqalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng smetana yoki kefir, tuxumni solib, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qoramiz. Xamirni yelim qog'ozga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosi uchun sariyog'ni eritib olamiz, ichiga shakar, vanil, unni solob aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni teng ikkiga bo'lib, har birini 3-4 mm qalinlikda yoyib olamiz. Ustidan sariyog'li aralashmani surtib, yong'oqdan sepamiz. Ruletga o'xshab o'rab, so'ng ustiga tuxum sarig'idan surtamiz. Sanchiq bilan ustiga naqsh beramizda har bir ruletni 7-8 bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ruletlarni patnisga terib, avval 200 C darajada 10 daqiqa, so'ng 180 C ga tushirib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
350-400 gramm un
125 gramm sariyog'
180 millilitr smetana yoki kefir
0,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Asosiga:
125 gramm sariyog'
160 gramm un
100 gramm shakar
1 o'ram vanil shakari
100 gramm yong'oq
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: Uyda tayyorlanilgan eklerlar
keyingi
Videoretsept: Toskancha keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.