fbpx
  • Asosiy
  • Skandinaviyacha kotletlar
Skandinaviyacha kotletlar

Skandinaviyacha kotletlar

Masalliqlar:

  • Kotletiga:

  • Gazakiga:

Yo’nalishlar

Skandinaviyacha kotletlardan tayyorlashni xohlovchilar uchun ajoyib retsept!

100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 79,44 kKal bo’lib, oqsillar — 4,51 gr, yog’lar — 3,53 gr, uglevodlar — 7,24 gr.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 14 000 so’m sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi. 

Masalliqlar:

Kotletiga:
130 gra tovuq go'shtidan qilingan qiyma
2-3 ta shampinyon
1 ta kichikroq qizil sabzi
1 bosh piyoz
20 gramm tozalangan pista
1 ta tuxum sarig'i
2 osh qoshiq no'xat uni
Gazakiga:
1 ta baqlajon
1 ta qovoqcha
1 chy qoshq zaytun moyi
har xil ziravorlar rayhon, rozmarin, paprika
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

No'xatli un pazandachilik sohasida keng tarqalgan bo'lib, u qovurish paytida yog'ni o'xiga shimib olmasligi bilan ham mashhurdir. Ammo uni bizning bozorlardan topish mushkul.

Shu sabab ham bunday unni uy sharoitida tayyorlash usulini o'rgatamiz. Buning uchun no'xatni olob, sovuq suvda bir kechaga ivitib qo'yamiz. Suvini to'kib, yuvib olamiz. Blender idishiga solib maydalaymiz. Gaz pechi patnisiga solib, pastroq olovda 3-4 soat davomida qurutib pishiramiz. Bunda gaz eshigini ochib qo'yamiz.

Tayyor bo'lgandan so'ng sovutamiz, yana blender idishiga solib maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyoz bilan shampinyonlarni blenderda biroz maydalab olamiz yoki to'g'raymiz. Quruq tovaga solib, suyuqligi bug'lanib ketgunga qadar qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tozalangan pistani blender idishiga solib maydalaymiz. Sabzini qirg'ichning kichkina tishchasidan chiqaramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq go'shtidan qilingan qiymani tuxum sarig'i, qovurilgan piyoz va shampinyon, sabzi, maydalangan pista solib aralashtiramiz. Tuz, murch va zaytun yog'i, no'xat unidan solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmadan 3-4 ta kotletchalar yasaymiz va ularni qolipga solib, 180 C darajada 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bulg'or qalampirini teng ikkiga bo'lib, urug'chalaridan tozalaymiz. Baqlajonni parrak qilib to'g'raymiz. Ustidan ziravorlar va zaytun moyini solib aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Gril tovada sabzavotlarni ikkala tomonidan qizartirib qovurib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng sabzavotlarni ham gaz pechida 5 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng kotletlar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Kotletiga:
130 gra tovuq go'shtidan qilingan qiyma
2-3 ta shampinyon
1 ta kichikroq qizil sabzi
1 bosh piyoz
20 gramm tozalangan pista
1 ta tuxum sarig'i
2 osh qoshiq no'xat uni
Gazakiga:
1 ta baqlajon
1 ta qovoqcha
1 chy qoshq zaytun moyi
har xil ziravorlar rayhon, rozmarin, paprika
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Tayyor xamirdan qilingan kruassanlar
keyingi
«Vinegret» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.