fbpx
Xurmoli galeta

Xurmoli galeta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kutilmagan mehmon kelib qolganda, tez tayyorlaniladigan pishiriqlarga zaruriyat sezamiz. Ana shulardan biri bu xurmoli galetadir.

Hozir bozorlarda xurmolar sotuvga chiqqan ekan, bizlar bundan foydalanib olishga harakat qildik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

150 gramm un
90 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
50 millilitr muzdek suv
5-6 ta xurmo
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun shakar
Qadam 1
Tugallandi

Xamirga kerakli barcha quruq masalliqlarni bitta idishga solamiz, ustidan sariyog'ni to'g'rab solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan muzdek suvni solib, xamir qoramiz.

Qorilgan xamirni yelim qog'ozga solib, kamida bir soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tingan xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz, ikkalasini ham 3-4 mm qalinlikda yoyib olamiz. Chetidan 5 sm joy qoldirib, o'rtasiga parrak qilib to'g'ralgan xurmoni terib chiqamiz.

Xurmolarning danagi olingan bo'lishi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Galetaning chetlarini tepaga qaratib, buklab chiqamiz. Chetlariga tuxum sarig'odan surtib, shakardan sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm un
90 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
50 millilitr muzdek suv
5-6 ta xurmo
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun shakar
oldingi
Qovoqli tart
keyingi
Tayyor xamirdan qilingan kruassanlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.