fbpx
Cho’zma lag’mon

Cho’zma lag’mon

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Qaylasiga:

  • Bezatish uchun:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga cho’zma lag’monni to’g’ri tayyorlashni o’rgatamiz va shu bilan birga ko’rsatib boramiz.

Lag’min xamirini cho’zish ko’pchilik o’ylaganidek mushkul ish emas.

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
350 mi iliq suv
30 gramm tuz
1 dona tuxum
Qaylasiga:
1,5 kilo mol go'shti
4 ta piyoz
100 millilitr soya qaylasi
2 tadan 3 xil rangli bulg'or qalampirlari
1 dona Daykon turpi
4 ta pomidor
10 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 ta shoxcha selderey
300 gramm o'simlik yog'i
300 gramm pomidor pastasi
ta'bga qarab maydalangan zanjabil
ta'bga qarab badyan
ta'bga qarab tuz va murch
Bezatish uchun:
5 ta pomidor cherry
6 ta bedana tuxumi
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlaymiz

Xamirni qorib olamiz va biroz muddatga ustini yopib, tindiramiz. So'ng xamirni taxta yoki stol ustiga qo'yib, biroz yoyamiz va uzun lentalarga kesib chiqamiz. Kattaroq lagan olib, yaxshilab yog' surtamiz, qo'llarimizni ham yog'lab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kesilgan xamir bo'laklarnini olib, cho'zamiz va kolbasasimon uzunchoq shakl beramiz. So'ng xamirni qo'lda chapdan o'ngga qaratib burab chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Uzun xamir bo'lakchalarini spiralsimon qilib, laganga terib chiqamiz va ustini yelim xalta bilan yopib, 15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng xamirchalarni bir uchidan ushlab cho'zishni boshlaymiz. Undan keyin esa ularni ikkta qo'lda ikki chekkasidan ushlab, stolga ehtiyotkorlik bilan urib chiqamiz. Bunda lag'monlar biroz yupqalashadi.

Qadam 5
Tugallandi

Lag'monni tuzli suvga solib, ustiga chiqquniga qadar qaynatib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qayla

Batcha masalliqlarni o'rtacha kattalikda kesib chiqamiz, sarimsoqpiyozni maydalab olamiz, seldereyning faqat qattiq joyini to'g'raymiz. Go'shtning ustidan soya qaylasini solib, aralashtiramiz va 15 daqiqaga marinadlab qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qozonga yog'ni solib, qizdiramiz va go'shtni solib, 20 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng piyozni solib, birga qovuramiz. Ustidan barcha ziravorlani sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Usyidan pekin karamini solib, biroz qovuramiz. Bulg'or qalampirlarini solib, 7 daqiqacha qovuramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Keyin pomidor pastasini solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Yaxshilab qovurilgandan so'ng suv quyamiz va biroz qaynatib pishiramiz. Ustidan to'g'ralgan seldereyni solamiz. So'ng likopchalarga tortib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
350 mi iliq suv
30 gramm tuz
1 dona tuxum
Qaylasiga:
1,5 kilo mol go'shti
4 ta piyoz
100 millilitr soya qaylasi
2 tadan 3 xil rangli bulg'or qalampirlari
1 dona Daykon turpi
4 ta pomidor
10 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 ta shoxcha selderey
300 gramm o'simlik yog'i
300 gramm pomidor pastasi
ta'bga qarab maydalangan zanjabil
ta'bga qarab badyan
ta'bga qarab tuz va murch
Bezatish uchun:
5 ta pomidor cherry
6 ta bedana tuxumi
oldingi
Mak solib pishirilgan glyutensiz limonli keks
keyingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oshqozonchalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.