«Brauni» pechenyesi
Masalliqlar:
-
300 gramm qora shokolad
-
100 gramm shakar
-
8 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
-
3 ta tuxum
-
1 choy qoshiq vanil
-
70 gramm un
-
1,5 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
«Brauni» pirogini sevib iste’mol qiladiganlarga uning pechenyesi ham juda yoqadi. Faqatgina biroz qarsildoqligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 35 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm qora shokolad | |
100 gramm shakar | |
8 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
3 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil | |
70 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz |
Shokolad bilan sariyog'ni suv bug'ida eritib olamiz va sovishi uchun chetga olib qo'yamiz.
Alohida idishga tuxumlarni chaqib solamiz va yaxshilab ko'pirtiramiz. Oz-ozdan shakar va vanilni solib, yana ko'pirtiramiz.
Ustidan eritilgan shokolad va sariyog'ni solib, aralashtirib olamiz.
Un bilan qabartma va tuzni elab, ustidan solamiz va oshxona lopatkachasi bilan aralashtiramiz.
Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 40-60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
So'ng xamirni olib, pergament qog'oz to'shalgan patnisga qoshiq yordamida solib chiqamiz. Pishirish jarayonida pechenyelar yoyilib, yupqa bo'lib qoladi. Shu sabab ham, ularning orasiga 7-10 sm dan bo'sh joy qoldiring.
Masalliqlar:
300 gramm qora shokolad | |
100 gramm shakar | |
8 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
3 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil | |
70 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz |