Olxo’rili quyma pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
200 gramm sariyog'
-
100 gramm shakar
-
300 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
15 gramm qabartma
-
Asosiga:
-
200 millilitr sut
-
2 ta tuxum sarig'i
-
100 gramm shakar
-
0,5 choy qoshiq vanilin
-
500 gramm olxo'ri
Yo’nalishlar
Kuz fasli juda himmatli fasllardan bo’lib, aynan shu faslda meva-sabzavotlardan to’yib iste’mol qilish imkoniyati tug’iladi. Shulardan biri olxo’ri mevasidir.
Bi tayyorlagan olxo’rili pirogning hozir ayni fursatidir.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm sariyog' | |
100 gramm shakar | |
300 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
15 gramm qabartma | |
Asosiga: |
|
200 millilitr sut | |
2 ta tuxum sarig'i | |
100 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq vanilin | |
500 gramm olxo'ri |
Eritilgan sariyog'ga shakar va tuzni solamiz, mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Un bilan qabartmani elab solamiz va yumshoq xamir qoramiz.
Xamirni aylanasi 24-26 sm li qolipga yoyamiz va quyma krem tayyorlagunga qadar sovutgichga olib qo'yamiz.
Qozonchaga sut, shakar, tuxum sarig'i va vanilinni solib aralashtiramiz va gazga qo'yib, past olovda qaynatamiz.
Quyuqlashishni boshlaganda gazdan olamiz. Xamir yoyilgan qolipni olamiz, ustidan olxo'rilarni to'g'rab terib chiqamiz.
Olxo'rilarning ustidan qaynatib pishirilgan kremimizni quyamizva 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.