fbpx
  • Asosiy
  • Gulkaramli glyutensiz non
Gulkaramli glyutensiz non

Gulkaramli glyutensiz non

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizlarga glyutensiz bo’lgan, ajoyib non retseptini taqdim etamiz. Uning nomlanishidan xavotirlanmang, chunki unga kerakli barcha masalliqlar barchaning uyidan topiladi.

Bu non oson tayyorlaniladi, xona haroratida 3-4 kungacha yaxshi saqlanadi.

Masalliqlar:

1 bosh gulkaram
6 ta tuxum
145 gramm bodom uni
25 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
5 osh qoshiq sariyog'
1 osh qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
ustiga sepish uchun sedana
ustiga sepish uchun petrushka
Ustiga sepish uchun rozmarin
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kattaligi 23x13 sm li qolipga pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Gulkaramni bo'lakchalarga bo'lib, blenderda mayfalab olamiz. Bizga 900 gramm maydalangan gulkaram kerak bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Issiqqa chidamli idishga gulkaramni solamiz va mikroto'lqinli pechga solib, 4 daqiqa qizdiramiz. Bu vaqt mobaynida gulkaramdan suyuqlik ajraladi.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng gulkaramni sovutib, dika ro'molga solamiz va suvini siqib tashlaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Petrushkani mayda to'g'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum oqlarini sarig'idan ajratamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Taxminan ko'pirtirilgan tuxum oqining to'rtdan bir qismini tuxum sarig'i ustidan solamiz. Ustidan bodom uni, qabartma, sarimsoqpiyoz tishchasi, rozmarin, petrushka va o'simlik yog'ini solamiz. Qolgan tuxum oqini solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni qolipga solamiz, ustidan petrushka, rozmarin va sedanani sepamiz va 40-45 daqiqa davomida pishiramiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 bosh gulkaram
6 ta tuxum
145 gramm bodom uni
25 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
5 osh qoshiq sariyog'
1 osh qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
ustiga sepish uchun sedana
ustiga sepish uchun petrushka
Ustiga sepish uchun rozmarin
oldingi
Sutli non
keyingi
Beygl – isroilcha pishiriq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.