Yurakchasimon bulochkalar
Masalliqlar:
-
450 gramm un
-
250 millilitr sut
-
30+80 gramm sariyog'
-
100 gramm shakar
-
8 gramm quruq xamirturush
-
bir chimdim tuz
-
bir chimdim vanilin
-
ustiga surtish uchun tuxum
Yo’nalishlar
Yurakchasimon bulochkalar juda yumshoq bo’lib, ta’mi ham juda yoqimlidir. Ularni tayyorlash juda oson bo’lib, unchalik ko’p masalliqni ham talab qilmaydi.
Bunday bulochkalarni birga ishga olib borish, bolalarga maktabga berib yuborish ham mumkin.
Masalliqlar:
450 gramm un | |
250 millilitr sut | |
30+80 gramm sariyog' | |
100 gramm shakar | |
8 gramm quruq xamirturush | |
bir chimdim tuz | |
bir chimdim vanilin | |
ustiga surtish uchun tuxum |
Iliq suvga 4 qoshiq shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz va 10 daqiqaga olib qo'yamiz.
Unni elab tog'orachaga solamiz, ustidan vanilin, sutli aralashma va 80 gramm eritilgan sariyog'ni solamiz. Xamir qoramiz va 1 soatga olib qo'yamiz.
Tingan xamirdan bo'lakchalar kesib olamiz, yoyib sariyog' surtamiz. Ustidan shakar sepib, ruletga o'xshatib o'raymiz. Ikkita uchini birlashtirib, ustma-ust qo'yamiz va o'rtasidan pichoq bilan kesamiz. Shakaeli mag'zini tepaga qilib bukamiz va yurakcha shaklini beramiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz va 15-20 daqiqa qoldiramiz.