fbpx
Qizil lavlagili xumus

Qizil lavlagili xumus

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xumus – bu no’xatdan tayyorlaniladigan, yaqin sharq oshxonasiga tegishli yegulik bo’lib, u o’zining noodatiy va mazali ta’mi bilan deyarli butun dunyoda sevib iste’mol qilinadi. 

Ana shu gazakka bizlar yorqinlik baxsh etdik, ya’ni unga qizil lavlagidan solib tayyorladik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 dona qizil lavlagi
400 gramm ivitilgan no'xat
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
4-5 osh qoshiq suv yoki bulyon
1 dona limon sharbati
2 osh qoshiq taxini (sedanali pasta)
2 choy qoshiq zira
1/2 choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Qizil lavlagini tozalab yuvib olamiz. Qog'oz sochiq bilan artib, quritib olamiz.

Sanchiq bilan qizil lavlagini bir nechta joyini teshib olamiz.

So'ng, bitta-bitta folga qog'ozga o'rab, 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida bir soat davomida pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ivitilgan no'xatni tuzli suvga solib, yumshaguniga qadar qaynatib pishiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Barcha masalliqlarni blender idishiga solib, silliq bo'lguniga qadar maydalab olamiz.

Xumusni sabzavotlar, non, lavash va har xil shirin bo'lmagan pishiriqlar bilan iste'mol qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 80 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 dona qizil lavlagi
400 gramm ivitilgan no'xat
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
4-5 osh qoshiq suv yoki bulyon
1 dona limon sharbati
2 osh qoshiq taxini (sedanali pasta)
2 choy qoshiq zira
1/2 choy qoshiq tuz
oldingi
Olxo’ri solingan tvorogli galeta
keyingi
Tovuq va baqlajondan pishirilgan pasta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.