Lanchboks uchun g’oya: pishloq va tovuq solingan rogaliklar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
300 gramm un
-
1,5 choy qoshiq qabartma
-
200 gramm 5-9 % li tvorog
-
1 dona tuxum
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq shakar
-
yarim choy qoshiq tuz
-
Asosiga:
-
200 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
-
80 gramm qattiq pishloq
-
75 gramm tvorogli pishloq
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab ko'katlar
-
ustiga sepish uchun kunjut
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Har doim o’quv yilining boshida ota-onalar bolalarining maktabda yeyiladigan taomidan ko’ngli to’lmay, uni uydan olib borishlariga ko’proq harakat qiladilar.
Ammo har kuni bolalarga nimalar tayyorlab berishni bilmaydilar. Bolalarga har doim mazali yeguliklardan berishga harakat qiling, chunki faqatgina ishtaha bilan yeyilgan taomgina yaxshi hazm bo’ladi va foyda keltiradi.
Maktabda bo’lgan vaqt mobaynida to’q bo’lib yurishda tvorogli rogaliklar va «Rastishka» yogurti yordam beradi. Bunday o’ramli yogurtlar juda qulay bo’lib oqib ketmaydi, mazaligi sabab esa o’zini hech ham kuttirmay, bolalar tomonidan bir pastda ichib qo’yiladi.
Lanchboksga solish mumkin bo’lgan yeguliklar
– tovuq va pishloqli rogaliklar
– qizil sabzi bo’lakchalari
– bulg’or qalampiri bo’lakchalari
– uzum
– olma
Maslahat: o’qishga borishdan avval bolalar albatta issiqina nonushtadan yeb, keyin ketishlari kerak.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
300 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
200 gramm 5-9 % li tvorog | |
1 dona tuxum | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq shakar | |
yarim choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
200 gramm qaynatilgan tovuq go'shti | |
80 gramm qattiq pishloq | |
75 gramm tvorogli pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab ko'katlar | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |
Idishga un va qabartmani elab solamiz.
Alohida idishga tuxum, o'simlik yog'i, tvorog, shakar va tuzni solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
Suyuq aralshmani un ustidan solib, o'rtacha yumshoqlikdagi qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni uzoq vaqt aralashtirmang, bunda uning yopishqoq chiqishiga sababchi bo'lasiz.
Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 20-30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qaynatilgan tovuq go'shtini mayda to'g'rab olamiz, pishloqni qirg'ichdan chiqaramiz.
Asosiga solinadigan barcha masalliqlarni birlashtirmiz.
Xamirni teng ikkiga bo'lamiz. Har bir xamirni 3-5 mm qalinlikda, aylana shaklda yoyib olamiz. Xamirni 8 ta bo'lakka bo'lamiz va har bir bo'lakning qalin tomoniga 1 choy qoshiqdan asos solamiz va o'rab chiqamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga rogaliklarni terib, ustiga tuxum sarig'idan surtamiz va kunjutdan sepamiz.
Oldindan 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
300 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
200 gramm 5-9 % li tvorog | |
1 dona tuxum | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq shakar | |
yarim choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
200 gramm qaynatilgan tovuq go'shti | |
80 gramm qattiq pishloq | |
75 gramm tvorogli pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab ko'katlar | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |