fbpx
Lanchboks uchun g’oya: Quymoqli rollar

Lanchboks uchun g’oya: Quymoqli rollar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Och qorin bilan diqqatni o’qishga qaratish juda qiyinligini har bir ota-ona yaxshi biladi. Shu sabab ham bizlar maktabga olib borish mumkin bo’lgan mazali va ham foydali yeguliklar haqida gapirib beramiz.

Lanchboksga solish mumkin bo’lgan yeguliklar

— quymoqli rollar
— bir nechta non bo’laklari
— apelsin
— bir nechta zaytun mevasi
— bir nechta cherry pomidori
— yong’oq, turshak
— yogurt

«Rastishka» yogurtlari — iste’mol qilish qulay bo’lgan yegulik bo’lib, uni ochish va yopish, qadog’idan ichish juda qulay.

Onalarga eslatma! Lanchboks ya’ni yeguliklar qutichasida har doim nam salfetkalar, iste’mol qilish uchun qulay qoshiq va sanchiq bo’lishi zarur.

Masalliqlar:

2 ta tuxum
20 millilitr toza ichimlik suvi
bir necha shoxcha shivit
bir chimdim tuz
30 gramm xohlagan turdagi pishloq qattiq, tvorogli yoki eritilgan
50 gramm bulg'or qalampiri
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tuxumni chaqib solamiz, ustidan maydalangan shivit, tuz va suvni solib, biroz ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga yog'ni solib qizdiramiz.

Tuxumli aralashmadan solib, tovani aylana shaklida harakatlantiramiz.

Quymoq qattiqlashgandan so'ng tezda ag'darib olamiz va 30 soniyadan kamroq vaqtda pishirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Quymoqni likopchaga solib, ustidan mayda to'g'ralgan bulg'or qalampiri va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz.

Ta'bga qarab kolbasa bo'lakchalaridan solish ham mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Quymoqni ruletga o'xshab o'raymiz va 2-3 sm qalinlikda kesib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum
20 millilitr toza ichimlik suvi
bir necha shoxcha shivit
bir chimdim tuz
30 gramm xohlagan turdagi pishloq qattiq, tvorogli yoki eritilgan
50 gramm bulg'or qalampiri
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Lanchboks uchun g’oya: Yong’oqli maffinlar
keyingi
«Custard tart» portugalcha deserti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.