fbpx
Videoretsept: Piyozli qatlamalar

Videoretsept: Piyozli qatlamalar

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Piyozli qatlama bu ham non, ham pishiriq o’rniga iste’mol qilsa bo’ladigan juda mazali va to’yimli yegulik hisoblanadi.

Piyozli qatlama haqiqatdan ham oson tayyorlanilishini videoretseptimizni ko’rib, o’zingiz ishonch hosil qiling.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm un
250 millilitr iliq suv
1 ta tuxum
1,5 choy qoshiq tuz
300 gramm piyoz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
350 gramm eritilgan oq yog' yoki margarin
Qadam 1
Tugallandi

Iliq suvga tuzni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elab olingan unga tuxum va tuzli suvni solib, o'rtacha yumshoqlikdagi, qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirga yog' surtib, ustini yopamiz va 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng xamirni olib, teng to'rtga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng har bir xamir boo'lagini alohida-allohida yupqa yoyib chiqamiz. Xamir qanchalik yupqa bo'lsa, shunchalik yaxshi chiqadi.

Qadam 6
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'rab, tuz va murch sepib, yaxshilab qo'lda aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Yoyilgan xamirga eritilgan oq yog' yoki margarinni surtib chiqamiz va ustidan to'g'ralgan piyoz sepamiz.

Xamirni ruletga o'xshab o'rab chiqamiz. So'ng shu o'ralgan xamirni xuddi spiralga o'xshatib, o'rab chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Aylana shakldagi xamirni yupqaroq qilib, yoyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tovaga ozroq yog' surtib qatlamani solib, o'rtacha olovda 2-3 daqiqa pishirib olamiz. Pishirish jarayonida tova qopqog'ini yopamiz.

So'ng ag'darib, qizarguniga qadar pishiramiz. Issiqligida dasturxonga tortamiz!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm un
250 millilitr iliq suv
1 ta tuxum
1,5 choy qoshiq tuz
300 gramm piyoz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
350 gramm eritilgan oq yog' yoki margarin
oldingi
«Piko-de-gayo» meksikancha achchiq ta’mli salat
keyingi
Tvorogli vatrushkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.