fbpx
Uyda tayyorlanilgan shaurma

Uyda tayyorlanilgan shaurma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda siz fast-food taomlaridan shaurmani sevib iste’mol qilsangiz, unda uni uy sharoitida tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Chunki uyda tayyorlaniladigan shaurma juda sersuv va mazali bo’lib, asosiysi ishonchlidir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta lavash
600 gramm tovuq go'shti (lahm)
60 gramm Aysberg salat bargi
1 bosh qizil piyoz
3 ta bodring
2 dona pomidor
1 ta bulg'or qalampiri
yarim bog' petrushka yoki kashnich
100 gramm smetana
4 osh qoshiq olma sirkasi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
ta'bga qarab qora murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Qaylani tayyorlab olamiz. Blender idishiga smetana, petrushka yoki kashnich, 1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi solamiz, tuz va murch sepamiz. Hammasini maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni marinadlab olamiz.
Idishchaga sirka, ⅔ choy qoshiq tuz va shuncha shakarni solamiz. Piyozni to'rtburchak qilib to'g'rab, sirkali aralashmaga ivitib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bodring va bulg'or qalampirini yupqa uzunchoq qilib to'g'rab olamiz.
Pomidorlarni esa parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq go'shtini uzunchoq to'g'rab olamiz va qizdirilgan yog'da qovurib olamiz. Tuz va murch sepamiz, ta'bga qarab, sarimsoqpiyozni maydalab solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Lavashni o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz. Bir chetiga tovuq go'shti va sabzavotlar, marinadangan piyozni qo'yib, ustidan qaylani quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor lavashni ozroq yog' solingan tovada ikkala tomonidan yaxshilab qizartirib qovuramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 5
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta lavash
600 gramm tovuq go'shti (lahm)
60 gramm Aysberg salat bargi
1 bosh qizil piyoz
3 ta bodring
2 dona pomidor
1 ta bulg'or qalampiri
yarim bog' petrushka yoki kashnich
100 gramm smetana
4 osh qoshiq olma sirkasi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
ta'bga qarab qora murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Qaynatilgan tuxum solib pishirilgan go’shtli rulet
keyingi
Videoretsept: Ko’za sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.