Uy sharoitida ketchup tayyorlash
Masalliqlar:
-
5 kilo pomidor
-
1 kil olmapo'sti olingan bo'lishi kerak
-
1 kilo piyoz
-
2 osh qoshiq tuz
-
150 gramm shakar
-
2choy qoshiq dolchin
-
1 choy qoshiq gvazdika
-
1 choy qoshiq qora murch
-
2 osh qoshiq 70% sirka
Yo’nalishlar
Ketchup – dunyo bo`yicha eng ko’p iste’mol qilinadigan qaylalardan biri hisoblanadi. U go’shtli ovqatlar bilan, buterbrodlar, pasta va boshqa ovqatlar bilan yaxshi ketadi.
Bunday qayla tayyorlashning usullari juda ko’p. Har bir uy bekasinig o’z repserti bor. Biz sizga olma va dolchin qo’shib tayyorlanadigan usulini taklif qilamiz va bu retseptga tayanib, bir necha bankalardan qishga g’amlab qo’yishni unutmang.
Masalliqlar:
5 kilo pomidor | |
1 kil olma | |
1 kilo piyoz | |
2 osh qoshiq tuz | |
150 gramm shakar | |
2choy qoshiq dolchin | |
1 choy qoshiq gvazdika | |
1 choy qoshiq qora murch | |
2 osh qoshiq 70% sirka |
Pomidor, piyoz va olmalarni (po'sti archilgan) maydaroq to'g'rab, qozonga solamiz va taxminan 1 soat yumshaguniga qadar qaynatamiz.
Hsil bo'lgan massani blender idishiga solib, maydalab olamiz.
Olovga qo'yamiz va qaynaganidan so'ng, barcha ziravorlarni solamiz. Gvozdikani maydalash oson bo'lishi uchun, uni doka ro'molga o'rab, ketchupga soling, so'ng ta'min chiqqanidan so'ng olib maydalashingiiz yoki umuman ishlatmasligingiz ham mumkin.
Hammada ta'm bilish har xil bo'ladi, shunga ziravorlarni ta'bga qarab ozroq yoki ko'proq solishingiz ham mumkin.
Tayyor bo'lishiga 5 daqiqa qolganida sirkani solamiz.
Ketchupni sterillangan bankalarga solib yopamzi, yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.