fbpx
  • Asosiy
  • Pishirilgan qizil bulg’or qalampiri
Pishirilgan qizil bulg’or qalampiri

Pishirilgan qizil bulg’or qalampiri

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qizil bulg’or qalampirini pishirishda juda mazali yegulik hosil bo’lishini bilasizmi? Salat yoki gazak o’rnida bemalol go’sht va baliqli taomlar bilan tortsa bo’ladigan bu qalampirlardan siz ham tayyorlab ko’ring.Tayyorlaniladigan taomga taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4-5 ta qizil bulg'or qalampiri
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
1 choy qoshiq yirik tuz
1 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab qora murch
ta'bga qarab achchiq qalampir
5 osh qoshiq zaytun moyi
1 osh qoshiq olma sirkasi
1/4 ta limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarini yuvib, sochiqda quriting va pergament qog'oz to'shalgan gaz pechida, 200-220 C da 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.

Bulg'or qalampir po'sti avval shishishi, so'ng esa biroz bujmayib qolishi kerak.

Qadam 2
Tugallandi

Pishgan qalampirlarni yelim qog'oz yoki idishga solamiz va 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Shundan so'ng ularni po'stini ajratib tashlash juda oson kechadi.

Qadam 3
Tugallandi

Avval qalampirlarni dumchasini olib tashlab, ichidagi sharbatini kosaga solamiz.

So'ng po'sti va urug'chalaridan tozalab tashlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarini chetga olib, marinadni tayyorlashga kirishamiz.

Sarimsoqpiyzni yupqa parrak, rayhon yaproqchalarini mayda qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qalampirlarni ichidan chiqqan sharbatga sarimsoqpiyoz, rayhon, tuz, murch, o'simlik yog'i, limon sharbati va sirkani solib aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarini qo'lda bir nechta bo'laklarga bo'lamiz, bankaga solib, ustidan marinaddan quyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qopqog'ini yaxshilab yopib, 6 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Bunday yegulikni sovutgichda 7-10 kungacha saqlash mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4-5 ta qizil bulg'or qalampiri
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
1 choy qoshiq yirik tuz
1 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab qora murch
ta'bga qarab achchiq qalampir
5 osh qoshiq zaytun moyi
1 osh qoshiq olma sirkasi
1/4 ta limon sharbati
oldingi
Suli parchalaridan tayyorlanilgan kam kaloriyali pankeyklar
keyingi
Dungan qalampirlaridan gazak

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.