Videoretsept: Karam va go’shtli rulet
Masalliqlar:
-
300 gramm karam
-
5 ta tuxum
-
600 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
-
70 gramm qattiq pishloq
-
1 bosh piyoz
-
yarim bog' shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Karam va tovuq go’shtidan tayyorlaniladigan bu ruletimiz juda to’yimli bo’lib, dasturxonga ham o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi.
Bu yegulik issiqligida ham, yaxna holatida ham juda mazalidir
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm karam | |
5 ta tuxum | |
600 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
70 gramm qattiq pishloq | |
1 bosh piyoz | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Karamni yupqa somoncha qilib to'g'rab olamiz.
Tuxumlarni chaqib, tog'orachaga solamiz va venchikda biroz ko'pirtiramiz. Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, to'g'ralgan shivit, karam va tuz bilan murchni solib, aralashtirib olamiz.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shab, ustidan tuxumli aralashmani tekis qilib solamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qiymaga maydalangan piyoz, tuz va murch, xohishga qarab yana biror xil ziravorlardan solamiz.
Pishirilgan karamli pishiriq ustiga qiymani tekislab solamiz va ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz.
Masalliqlar:
300 gramm karam | |
5 ta tuxum | |
600 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
70 gramm qattiq pishloq | |
1 bosh piyoz | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |