No’xatsho’rak
Masalliqlar:
-
500 gramm no'xat
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1,5 litr xona haroratidagi suv suv
-
1 kilo qo'y qovurg'alari
-
1 bosh piyoz
-
1 osh qoshiq tuz
-
ta'bga qarab zira
-
2,5 litr suv
Yo’nalishlar
No’xatsho’rak ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri bo’lib, uni asosan Samarqad viloyatida keng tayyorlashadi.
No’xatsho’rakdagi no’xatlar bir kechaga ivitib qo’yiladi va kun bo’yi qaynatib pishiriladi. Qarabsizki, undagi qo’y go’shti va no’xat tobida yetilib pishadi va og’zingizda erib ketadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 50 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm no'xat | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1,5 litr xona haroratidagi suv suv | |
1 kilo qo'y qovurg'alari | |
1 bosh piyoz | |
1 osh qoshiq tuz | |
ta'bga qarab zira | |
2,5 litr suv |
No'zatni yuvib, tog'orachaga solamiz, ustidan iste'mol sodasi va xona haroratidagi suvni solamiz.
Iste'mol sodasi no'xatni yumshashiga yordam beradi.
So'ng ivitilgan no'zatni 8 soat yoki bir kechaga qoldiramiz.
Go'shtni o'rtacha kattaliklarga bo'lamiz.
Ivitilgan no'xatni suvini to'kib, o'zini chayib tashlaymiz.
Qozonga no'xatni, ustidan go'sht bo'laklarini solib, 2,5 litr suvni quyamiz.
Qaynash darajasiga keltiramiz va ustidagi ko'piklarini olib tashlaymiz,
So'ng bitta piyozni po'stini archib, butunligicha solamiz.
Qopqog'ini yopib, 6-8 soat past olovda pishiramiz,
5 soatdan so'ng, zira, tuz va ta'bga qarab murchni solamiz,
Taomni no'xat va go'sht hildirab pishgunicha qaynatamiz. So'ng suzib, ustiga to'g'ralgan piyozdan solamiz, Yoqimli ishtaha!
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm no'xat | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1,5 litr xona haroratidagi suv suv | |
1 kilo qo'y qovurg'alari | |
1 bosh piyoz | |
1 osh qoshiq tuz | |
ta'bga qarab zira | |
2,5 litr suv |
3 Sharhlar Hide Comments
Assalamu alaykom ijodkorlarga katta rahmat internetga kirasizu qaysi taomni piwirmoqci bosez retsepini olip piwirvurasz qulaylik ucun tawakkir iwlarilaga omad!!!
Assalamu alaykom ijodkorlarga katta rahmat internetga kirasizu qaysi taomni piwirmoqci bosez retsepini olip piwirvurasz qulaylik ucun tawakkir iwlarilaga omad!!! Doyimiy muhlis bopqolaman!!!!!!!!
Assalomu aleykum, Munavvar! E’tiboringiz uchun sizga ham tashakkur?