fbpx
Tovuq va bodringli salat

Tovuq va bodringli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugungi bodring va tovuq go’shtidan tayyorlaniladigan mazali salat, taomnomasiga o’zgartirishlar kiritishni xohlovchilarga juda yoqadi.

Eng asosiysi salatni tayyorlash oson, ammo o’zi juda to’yimlidir.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 11 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400 gramm tovuq go'shti (lahm)
2 ta bodring
1 dona tuxum
3 osh qoshiq sut
2 osh qoshiq soya qaylasi
2 osh qoshiq sedana
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini tuzli suvda pishgunicha qaynatib olamiz.

So'ng sovutib, qo'lda bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bodringni yarim parrak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum, sut va tuzni bitta kosaga solib aralashtiramiz va ozroq yog' solingan tovada qovurib olamiz.

so'ng undan uzun-uzun lentalar kesib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sedanani quruq tovaga solib, qizartirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovuq go'shti va bodringning ustidan soya qaylasi, yog'ni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Salatni likopchaga so;ib, ustini quymoqli lentalar va sedana bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm tovuq go'shti (lahm)
2 ta bodring
1 dona tuxum
3 osh qoshiq sut
2 osh qoshiq soya qaylasi
2 osh qoshiq sedana
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Pita
keyingi
Paisley Salad Bar kafesidan retsept: qizil lavlagi va olmali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.