Pita

Pita

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pita bu Yaqin Sharq oshxonasiga mansub yegulik bo’lib, u gaz pechida bir pastda pishirib olinadi. Bu pishiriqning gaz pechida qanday ko’tarilishi va cho’ntakli bo’lib qolishini kuzatish juda qiziq holat.

Bu “cho’ntak”ka xohlagan mahsulotlarimiz, masalan, go’sht, sabzavotlar yoki ko’katlar solib, to’ldirishimiz mumkin. Yaqin Sharqda pitani xumus bilan birga dasturxonga tortishadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 3 000 so’m pul sarflaniladi.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
200 millilitr iliq suv
7 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
30 gramm o'simlik yog'i
350 gramm un
Qadam 1
Tugllandi

Idishga iliq suv, shakar va xamirturushni solib aralashtirib olamiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

So'ng qolgan barcha masalliqlarni solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni ustini sochiq bilan yopib, 1 soatga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Bu maqt mobaynida xamirni 2 marta mushtlab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Stol ustiga un sepib, oshgan xamirni qo'yamiz va teng 10 ta qismga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Har bir xamir bo'lagini 4-5 mm qalinlikda aylana shaklda yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

250 C darajada qizdirilgan gaz pechida alohida-alohida 4-5 daqiqadan pishirib olamiz.

Yuqori harorat sabab ham, pitalar shishib pishadi.

Qadam 8
Tugllandi

Pisgan pitalarni ustini sochiq bila yopamiz.

Ularni qopqoog'i yopiladigan konteynerlarda saqlaymiz. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

  • 90 daqiqa
  • Serves 5
  • Oddiy
  • 250 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
200 millilitr iliq suv
7 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
30 gramm o'simlik yog'i
350 gramm un
oldingi
Tvorog va yogurt bilan pishirilgan bananlar
keyingi
Tovuq va bodringli salat

Fikringiz