fbpx
Bolalar oshxonada: Shokoladli maffinlar

Bolalar oshxonada: Shokoladli maffinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokoladli maffinlarni bolalar bilan birga tayyorlash kishiga ikki hissa zavq bag’ishlashi aniq.

Agarda pishiradigan pishirig’ingiz bolalarga juda ham yoqadigan bo’lsa, unda bu mashg’ulotni tez-tez bajarib turishni bolajonlaringiz xohlab qolishi aniq.

Maffinlarni tayyorlashdagi asosiy qoidalar:

— quruq va suyuq masalliqlarni alohida-alohida idishga solamiz;
— qabartmani solishni unutmaymiz;
— xamirni uzoq muddat aralashtirang;
— qog’ozli qolipchalardan ishlatishni unutmang.

Quyidagi masalliqlardan 8 dona maffinlar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 14 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm un
1 osh qoshiq kakao
75 gramm shakar
50 gramm eritilgan sariyog'
100 gramm smetana
1 dona tuxum
100 gramm xohlagan shokolad
1 choy qoshiq qabartma
sepish uchun bezaklar
Qadam 1
Tugallandi

Maffinlarga mo'ljallangan qolipga qog'ozli qolipchalarni solib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kattaroq idishga un, shakar, qabartma va kakao kukunini solib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishda smetana, tuxum va eritilgan sariyog'ni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Suyuq aralashmani quruq massa ustidan solamiz va tezda aralashtirib olamiz. Tezda aralashmasak pishgan maffinlar qattiq bo'lib pishadi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir yetarlicha quyuq chiqadi.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni qoshiq yordamida qolipchalarga 2/3 taqsimda solib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyor bo'lganini gugurtcho'p yordamida tekshirib ko'ramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Maffinlarni sovutib, ustiga eritilgan shokoladdan surtamiz va bezaklarni sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm un
1 osh qoshiq kakao
75 gramm shakar
50 gramm eritilgan sariyog'
100 gramm smetana
1 dona tuxum
100 gramm xohlagan shokolad
1 choy qoshiq qabartma
sepish uchun bezaklar
oldingi
Pesto qaylasi bilan tayyorlangan gulchambar
keyingi
Xitoycha bodringli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.