fbpx
Videoretsept: Turkcha simitlar

Videoretsept: Turkcha simitlar

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Ustiga:

    Yo’nalishlar

    Simitlar deb, usti shirin qarsildoq, ichi esa momiqdek yumshoq pishiriqlarga aytiladi.

    Turkiyada nonushta aynan xuddi shunday simitlardan boshlanadi. Bir finjon qahva, yangi pishirilgan simitlar, zaytun mevalari, yumshoq pishloq, yangi pomidor-bodringlaru va yumshoq qaynatilgan tuxumlardanda a’lo nonushta mavjud emasdek ular uchun!

    Quyidai masalliqlardan 12-14 dona simmitlar chiqadi.

    Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m pul sarflaniladi.*

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    600 gramm un
    200 millilitr suv
    150 millilitr sut
    150 millilitr o'simlik yog'i
    2 choy qoshiq quruq xamirturush
    1 osh qoshiq olma sirkasi
    1 choy qoshiq tuz
    1 choy qoshiq shakar
    Ustiga:
    150-200 gramm oq rangli sedana
    2 osh qoshiq suyuq asal
    100 millilitr suv
    Qadam 1
    Tugallandi

    200 millilitr iliq suvga xamirturush va shakarni solib aralashtiramiz, va 10 daqiqaga ustida "qalpoqcha" hosil bo'lgunicha qoldiramiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Tog'orachaga un va tuzni solamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Unni o'rtasini teshik qilib, ichiga xamirturushli aralashma, iiliq sut va o'simlik yog'ini solamiz. Xamir qorishni boshlaymiz. Qorish vaqtida olma sirkasini ham solamiz. Qorilgan xamir yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan bo'ladi.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Xamirni ustini yopib, 40-60 daqiqaga iliq joyga olib qo'yamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Stol ustiga un sepib, oshgan xamirdan yong'oq kattaligidagi bo'lakchalarga bo'lib oliamiz. Har birini uzunchoq yoyib, ikkita lentlarni aylantiramiz va aylana shakl beramiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Piyolachaga suyuq asal va suvni solib aralashtiramiz.

    Sedanani likopchaga sepamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Shakl berilgan simitlarni avval asalli aralashmaga botiramiz, so'ng sedanaga botirib, gaz pechi patnisiga teramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Simitlarni avval 15 daqiqaga shunchaki qoldiramiz, so'ng esa 200 C darajada qizigan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

    Muallif: Sitora

    • Portsiya 8
    • O’rtacha
    • 200 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    600 gramm un
    200 millilitr suv
    150 millilitr sut
    150 millilitr o'simlik yog'i
    2 choy qoshiq quruq xamirturush
    1 osh qoshiq olma sirkasi
    1 choy qoshiq tuz
    1 choy qoshiq shakar
    Ustiga:
    150-200 gramm oq rangli sedana
    2 osh qoshiq suyuq asal
    100 millilitr suv
    oldingi
    Baqlajonli ikra
    keyingi
    Videoretsept: Ispancha quymoq (omlet)

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.