fbpx
Videoretsept: O’rik qo’shib tayyorlanilgan tvorogli pirog

Videoretsept: O’rik qo’shib tayyorlanilgan tvorogli pirog

Masalliqlar:

  • Tvorogli qavati uchun:

Yo’nalishlar

Bunday pirogning ko’rinishi ko’zimizni quvontirsa, bag’oyat mazali ta’mi esa lol qoldirishi aniq.

Bu pirogga shuningek, shaftoli yoki olxo’ri solib, pshirsangiz ham bo’ladi.

Tayyorlaniladign pirogga taxminan 14 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
180 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
75 gramm muzdek sariyog'
50 gramm shakar
1 dona tuxum
1 dona tuxum sarig'i
Tvorogli qavati uchun:
300 gramm tvorog
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
80 gramm shakar
25 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq vanilin
1 dona tuxum
1 dona tuxum oqi
bir nechta o'rik
Qadam 1
Tugallandi

Xamirga ishlatiladigan barcha masalliqlarni, tuxumdan tashqari kombaynga solamiz va maydalab olamiz.

Agar oshxona kombayni mavjud bo'lmasa, unda sariyog'ni qirg'ichdan chiqaring va elab olingan un va qabartma bilan aralashtirib oling.

Shakar solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirga bir dona tuxum va tuxum sarig'ini solib, o'rtacha yumshoqlikdagi, qo'lga yopishmaydigan xamir qoring.

Qadam 3
Tugallandi

Cheti ochiladigan, aylanasi 22-24 sm li qolipga pergamnet qog'oz to'shab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipga xamirni yoyib olamiz va chetlarini 3-4 sm balandroq qilib olsak, asosini solganda oqib ketmaydi.

Xamir yoyilgan xamirni 20 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Blender idishiga asosga kerakli barcha masalliqlarni solamiz va maydalaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir ustidan tvorogli aralashmani solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Noklarni ikkiga bo'lib, danagidan ajratamiz va pirog ustiga terib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 c darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pishgan pirogni avva sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
180 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
75 gramm muzdek sariyog'
50 gramm shakar
1 dona tuxum
1 dona tuxum sarig'i
Tvorogli qavati uchun:
300 gramm tvorog
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
80 gramm shakar
25 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq vanilin
1 dona tuxum
1 dona tuxum oqi
bir nechta o'rik
oldingi
Gulli qatlamalar
keyingi
Meksikancha faxitas

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.