fbpx
Videoretsept: Suli yormasi va banandan tayyorlanilgan maffinlar

Videoretsept: Suli yormasi va banandan tayyorlanilgan maffinlar

Masalliqlar:

  • Shtreyzeliga:

Yo’nalishlar

Agarda bolajonlaringiz shirinliklarni yoqtirishsa, unda ularni o’zingiz tayyorlab berganingiz yaxshiroq! Hozirgi retseptimiz ham juda foydali mahsulotlardan tashkil topgan.

Bu kekslarning asosini bananli pyure tashkil qilishi sabab ham, yaxshi pishgan banandan xarid qiling.

Quyidagi masalliqlardan 10-12 dona maffinlar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 17 000 so’m pul sarflaymiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm sariyog'
1 dona banan katta
2 ta tuxum
150 gramm shakar
70 gramm suli yormasi
1 choy qoshiq qabartma
120 gramm un
1 choy qoshiq vanilin
1 dona olma
Shtreyzeliga:
50 gramm maydalangan yong'oq
2 osh qoshiq un
1 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq eritilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar bilan birga ko'pirutub olamiz, ezilgan bananni, so'ng tuxumni birma-bir solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Vanilin, qabartma, elab olingan un va suli yormasini solamiz. Silliq bo'lgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Olmani po'stidan archib, to'rtburchak qilib to'g'rang. Xamir ichiga solib aralashtiring.

Qadam 4
Tugallandi

Maffinlarga mo'ljallanilgan qolipchalarga, qog'ozdan tayyorlanilgan, bir martalik qolipchalardan soling.

Qadam 5
Tugallandi

Shtreyzel uchun yong'oq, un va shakarni aralashtirib oling. Eritilgan yog'ni solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipchalarning 2/3 qismiga xamirdan quyamiz, ustidan shtreyzelni sepib, 180 C da qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan maffinlar biroz soviganidan so'ng olib, dasturxonga tortamiz!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm sariyog'
1 dona banan katta
2 ta tuxum
150 gramm shakar
70 gramm suli yormasi
1 choy qoshiq qabartma
120 gramm un
1 choy qoshiq vanilin
1 dona olma
Shtreyzeliga:
50 gramm maydalangan yong'oq
2 osh qoshiq un
1 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq eritilgan sariyog'
oldingi
Banan, kivi va kefirdan tayyorlanilgan smuzi
keyingi
Kuk-si

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.